So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  48 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  12 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  8 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

"Andijon" Osiyoning eng yaxshi murabbiyiga taklif yubormoqchi Yangiliklar

"Andijon" Osiyoning eng yaxshi murabbiyiga taklif yubormoqchi

Xabaringiz bor, yaqinda “Andijon” jamoasida bosh murabbiy istefosi yuz berdi.

Bungacha jamoa boshqaruv postida ishlab kelgan Aleksandr Xomyakov o'z arizasiga ko'ra, “burgutlar” lagerini tark etdi. SHuningdek uning yaqin yordamchisi bo'lgan Jamshid Saidov ham o'z arizasiga ko'ra jamoa bilan xayrlashdi.

 

SHu bois endilikda “Andijon” futbol klubi rahbariyati murabbiylar shtabiga yangi mutaxassislarni taklif etishni rejalashtirib turibdi. Olingan malumotlarga ko'ra, andijonliklar Rauf Inileevga taklif yubormoqchi. 2007 yilda Osiyoning eng yaxshi murabbiysi deya etirof etilgan 70 yoshli murabbiy yaqin orada “Andijon” rahbariyati bilan muzokaraga kirishishi mumkin. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, Rauf Talgatovich 2006 yili “Andijon” jamoasini boshqargandi. O'sha yili birinchi davrani jamoa 5-o'rinda yakunlagan bo'lsa-da, Inileevga chiqish eshiklari ko'rsatilib, uning o'rniga Edgar Gess olib kelingandi. 

SHuni ham aytib o'tish lozimki, Inileev bu safar “Andijon”ga maslahatchi murabbiy sifatida kelishi mumkin. CHunki bosh murabbiy lavozimiga Diyorbek Mirzaboev asosiy nomzod ekanligini aytish mumkin. 2018 yildan buyon jamoada yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelayotgan 35 yoshli Diyorbek Mirzaboev klub rahbariyatining qaroriga ko'ra, endilikda boshqaruvni o'z qo'liga oladigan bo'ldi.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика