Robert Levandovskiy 2025/26 yilgi mavsumdan so'ng "Barselona"ni tark etishi mumkin
07 sen 12:50
Yangiliklar
Robert Levandovskiy 2025/26 yilgi mavsumdan so'ng "Barselona"ni tark etishi mumkin
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovskiy jamoani 2025/26 yilgi mavsum yakunlangach tark etishi mumkinligi haqida Sport.es xabar berdi.
37 yoshli polyak futbolchisining shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Manbaga ko'ra, taraflar shartnomani uzaytirish niyatida emas. Klubning sport direktori Deku esa Robertni keyingi mavsumda jamoaning asosiy markaziy hujumchisi sifatida ko'rmayapti.
Shuningdek, "Barselona" Levandovskiy o'rniga nomzodlar ro'yxatini ham tayyorlab bo'lgani aytiladi. Unda Aleksander Isak ("Liverpul"), Xulian Alvares ("Atletiko") va Erling Xoland ("Manchester Siti") kabi hujumchilar bor. Biroq iqtisodiy qiyinchiliklar sabab kataloniyaliklar hozircha ularni qo'lga kirita olmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar