So’nggi yangiliklar

01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  3 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  5 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  3 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  33 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  20 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  12 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  64 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  307 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6

“Andijanka” BAAda yig'in o'tkazadi Yangiliklar

“Andijanka” BAAda yig'in o'tkazadi

O'tgan mavsum chempionatni 3-o'rinda yakunlagan “Andijanka” qizlari oldiga joriy yil yanada yuqori maqsadlar qo'yilmoqda.

Jamoa 6 yanvardan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Mashg'ulotlar Andijon shahridagi “Do'stlik” stadionida kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, klub rahbariyati bu yil “Andijanka” oldiga chempionlik vazifasini qo'ymoqda. SHunga monand sharoitlar ham yaratib borilayotir. Klub vice-prezidenti Maruf Abdusalomovning aytishicha, jamoa 28 yanvar kuni xorijda yig'in o'tkazish uchun safarga jo'nab ketadi. Bu borada BAA davlati tanlangan. O'zingizga yaxshi malumki, qish faslida BAA ko'plab klublarga tayyorgarlik uchun qulaydir. Yanvar va fevral oyida mamlakatimizning bir qator jamoalari ham aynan BAAda yig'in o'tkazib qaytadi. SHuningdek u erda sparring raqiblar topish ham birmuncha osondir. Tabiiyki “Andijanka”ning ushbu xorij yig'ini O'zbekiston ayollar futbolida o'ziga xos shov-shuvli natijadir. CHunki bunga qadar asosan Qarshining “Sevinch” jamoasi chet elda mashg'ulot o'tkazib qaytgan.

Darvoqe, “Andijanka” futbol klubi o'tgan mavsum “Joma” firmasining sport kiyimlaridan foydalangandi. Klub rahbariyati uzoq izlanishlardan so'ng mashxur brend “Nike” bilan hamkorlik qilishni lozim topdi va bu borada mazkur firma bilan kelishuvga erishdi. SHu bois joriy yil “Andijanka” ushbu firmaning epikirovlaridan foydalanadi.   

“Andijanka” FK matbuot xizmati.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика