Anchelotti "Sosedad" bilan 4:4 va Kubok finaliga chiqish haqida: "Real" uyida hech qachon taslim bo'lmaydi"
02 apr 12:21
Yangiliklar
Anchelotti "Sosedad" bilan 4:4 va Kubok finaliga chiqish haqida: "Real" uyida hech qachon taslim bo'lmaydi"
Madrid klubi "Real Sosedad"ni (4:4, birinchi o'yin – 1:0) mag'lub etib, turnir finaliga yo'l oldi.
"0:1 hisobi paytida jamoa yaxshi javob qaytardi va tezlik bilan hisobni tenglashtirdik, 1:3 hisobida ham shunday bo'ldi. Menimcha, ekstra taymlarda biz kuchliroq edik. Xatolar bo'ldi, lekin biz ularni engdik. "Sosedad" – juda yaxshi jamoa, ular biz uchun vazifani qiyinlashtirdi.
Biz turnirni tark etamiz deb o'ylaganim yo'q, chunki "Bernabeu"da hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Uyda biz hech qachon taslim bo'lmaymiz.
Menimcha, Olasagastining Vinisiusga qarshi qilgan qoida buzishi qizil kartochkaga arziydi, lekin hakam sariq kartochka berdi. Bu haqda boshqa gapirmoqchi emasman.
Endrik juda yaxshi o'ynadi. U to'pga kam tegsa ham aqlli harakatlar amalga oshirishini xohlaymiz" – dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar