Mbappe "Real" shifokorlariga ishonmayapti - u 3 oydan beri jarohat bilan o'ynab kelgan
09 mar 20:59
Yangiliklar
Mbappe "Real" shifokorlariga ishonmayapti - u 3 oydan beri jarohat bilan o'ynab kelgan
Bu haqda mashhur "L’Equipe" nashri jurnalisti Antuan Simonno malum qildi.
Muammo nimada?
Avvalroq Mbappe tizza paylari cho'zilgani sababli 3 haftaga safdan chiqqani aytilgan edi. "Real" rahbariyati hujumchining 17 mart kuni Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi kechadigan javob o'yinida maydonga tushishiga umid qilmoqda. Biroq Kilianning vakillari bunga keskin qarshi chiqmoqda.
Jurnalistning tafsilotlari va Benzemani davolagan shifokor:
Simonno "Cadena SER" radiosiga bergan intervyusida vaziyatni quyidagicha tushuntirib berdi:
"U "Real" shifokorlariga unchalik ishonmaydi, chunki ular 3 oy davomida uning jarohatiga to'g'ri echim topa olishmadi. U bundan uch oydan beri aziyat chekmoqda. Bunda qisman uning o'zi ham aybdor, chunki u Krishtianuning afsonaviy rekordini takrorlash maqsadida jarohat bilan o'ynadi va bu eng yaxshi fikr emasdi. Bu erda murabbiylarning ham aybi bor, ular futbolchi tayyor bo'lmasa-da, uni o'ynashga majbur qilishdi. Ispaniya Superkubogida u 15 daqiqa o'ynadi, lekin aslida maydonga tushmasligi kerak edi.
Jarohati bezovta qilishda davom etayotgani sababli u echim topish uchun Franciyaga jo'nab ketdi. U Karim Benzemani ham davolagan, bunday jarohatlar bo'yicha eng kuchli mutaxassislardan biriga murojaat qildi".
Asosiy maqsad — Jahon chempionati:
Franciyalik yulduzning kelgusi rejalari haqida to'xtalar ekan, jurnalist qo'shimcha qildi:
"U hozir 100 foiz tayyor emas va uning asosiy maqsadi — Franciya terma jamoasi safida Jahon chempionatida o'ynash. Qolaversa, oldinda La Liga va Chempionlar Ligasi bahslari bor, shuning uchun u mavsum oxirini va mundialdagi ishtirokini xavf ostiga qo'ymoqchi emas. Uning vakillari Kilian toki 100 foiz tayyor bo'lmaguniga qadar maydonga qaytmasligini takidlashmoqda. So'nggi ikki yarim oy davomida qilganidek, u endi og'riq bilan o'ynab, tavakkal qilishni xohlamaydi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar