Anchelotti Ispaniya kubogi yarim finaliga chiqqanidan so'ng fikrlarini bildirdi
27 jan 2023 08:52
Yangiliklar
Anchelotti Ispaniya kubogi yarim finaliga chiqqanidan so'ng fikrlarini bildirdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletiko"ga qarshi chorak final o'yinidan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu qiyin o'yin bo'ldi, juda qiyin. Ular ajoyib o'yin ko'rsatishdi, biz esa ikkinchi taymda yaxshi javob qaytara oldik. Yakunda esa biz uchun barchasi yaxshi bo'ldi. Men asabiylashishim kerak emasdi, "Atletiko" to'p bilan yaxshi muomala qilgani uchun biz biroz qiynaldik.
Mavsum qiyin o'tmoqda, bizda musobaqalar ko'p. Biz kurashishimiz lozim, bizda va boshqa jamoalarda ham jarohatlar bor. Ammo xech narsa qila olmaymiz, biz o'ynashimiz kerak.
Men xursandman, charchadim va keyingi o'yin haqida o'ylayapman", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar