Anasxon Rahmatov O'zbekistonning g'alaba qozonishiga nima etishmaganini aytdi
15 sen 2024 11:22
Yangiliklar
Anasxon Rahmatov O'zbekistonning g'alaba qozonishiga nima etishmaganini aytdi
- O'yin haqida
- Birinchi o'yin har doim qiyin bo'lgan. Bugun ham shunday holat takrorlandi. O'yin so'ngida mag'lubiyatdan qutulishni uddaladik. Muxlislar so'nggi lahzalargacha qo'llab-quvvatlashdi.
- Bugungi natija o'yinga mos bo'ldimi? Natijadan ko'nglinigiz to'ldimi?
- Yo'q, sababi har bir jamoa turnirni g'alaba bilan boshlashni xohlaydi. Biroq mag'lubiyatni durangga aylantira olganimiz yaxshi bo'ldi.
- Jamoaning g'alaba qozonishiga nima etishmadi?
- Tarkibda yoshlar ko'p edi. Menimcha, tajriba etishmadi.
- Jamoa yutqzayotgan paytda O'zbekiston bosh murabbiyi taym-ayt oldi, shundan so'ng hakam hushtagi chalinishi arafasida uchinchi gol urildi. Murabbiy qanday ko'rsatmalar berdi?
- Murabbiy barchani xotirjamlikka chaqirdi. Gol ura olishimiz, o'zimizga ishonishimiz kerakligini uqtirdi va buni uddaladik.
- "Humo arena"ga tashrif buyurgan muxlislarning o'rni qanday bo'ldi?
- Ularning o'rni katta edi, ayniqsa, yutqazayotganimizda bizga dalda berib turishdi. Qiyin holatlarda muxlislardan motivaciya olishga harakat qildik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar