Ana xolos! Benzema "Al Ittihod" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi va Jiddani tark etdi
30 dek 2023 15:58
Yangiliklar
Ana xolos! Benzema "Al Ittihod" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi va Jiddani tark etdi
"Al Ittihod"ning yulduz hujumchisi Karim Benzemada muammolar bordek.
AS xabariga ko'ra, 36 yoshli franciyalik forvard so'nggi ikki mashg'ulot davomida jamoa bilan birga bo'lmagan. Voqealarning bunday burilish sabablari nomalumligicha qolmoqda. Qolaversa, Lionlik yigit o'z jamoasi joylashgan Jidda shahrini butunlay tark etgani aytilmoqda.
"Oltin to'p" sohibi bo'lgan hujumchi "Al Faysali"ga qarshi o'tkaziladigan bahsda jamoasiga yordam bermaydi.
Qayd etilishicha, Benzema klub rahbariyati bilan nizoga borgan. So'nggi paytlarda Karim o'yinining sifati tufayli bir necha bor tanqid qilingan edi.
Avvalroq "Al Ittihod" qura natijalariga OCHL nimchorak finalida "Navbahor"ga raqib bo'lishi malum bo'lgan edi. Mazkur uchrashuv 12 fevral kuni Namanganda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar