Ana xolos! "Barsa" MYUning kelasi mavsum uchun asosiy libosini erta namoyish etib qo'ydi
20 apr 2020 18:00
Yangiliklar
Ana xolos! "Barsa" MYUning kelasi mavsum uchun asosiy libosini erta namoyish etib qo'ydi
"Barselona" "Manchester Yunayted"ning 2020/21 yilgi mavsum uchun mo'ljallangan libosini erta namoysh etganlikda ayblanmoqda.
Kecha kataloniyaliklarning YouTube kanalida, PES 2020 videoo'yinida "Barselona" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'yin namoyish etildi.
O'yinning muqovasida esa joriy mavsum uchun rasmiy hisoblanmagan libosda Pol Pogba gavdalandi.
Bir necha daqiqalardan so'ng esa 2019/20 yilgi mavsumga mo'ljallangan rasmiy libosga almashtirildi. Kuzatuvchilar esa bu "Yunayted"ning 2020/21 yilgi mavsum uchun liboslari degan hayolga kelishdi, ammo bu o'z tasdiqini topgani yo'q.
Oldinroq, shunga o'xshash libos internetda tarqalgan edi.
Fikrlar