"Almeriya" va "Valyadolid" La Ligaga qaytdi
30 may 2022 11:21
Yangiliklar
"Almeriya" va "Valyadolid" La Ligaga qaytdi
Segunda 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga ko'ra La Ligaga ko'tarilgan ikki klub nomi malum bo'ldi.
Kecha, Segunda 42-tur doirasida "Almeriya" "Leganes" (2:2) bilan durang o'ynadi, "Real Valyadolid" esa "Ueska" (3:0)ni mag'lub etdi.
SHunday ekan, chempionatda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan "Almeriya" (81 ochko) va "Real Valyadolid" (81 ochko) kelasi mavsum Ispaniyaning elita ligasida ishtirok etishadi.
"Qizil-oqlar" so'nggi bor Ispaniyaning oliy divizionida 2015 yilda o'ynashgan edi. "Oq-binafshalar" esa bir yildan so'ng elitaga qaytishdi.
La Liga uchun yana bitta yo'llanma esa "Eybar", "Las-Palmas", "Tenerife" va "Jirona" o'rtasida pley-off orqali aniqlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar