So’nggi yangiliklar

09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  0 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  0 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  0 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  2 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  32 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  11 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16

Alen Perren: "O'zbekiston safida Jeparov va Kapadze kuchli" Yangiliklar

Alen Perren: "O'zbekiston safida Jeparov va Kapadze kuchli"

Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Xitoy va O'zbekiston uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning birinchi qismida xitoyliklar ustozi Alan Perren va himoyachi Zang CHengdong ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida 50dan ortiq OAV vakillari ishtirok etishdi.

Xitoyliklarning kelishi biroz kechikdi.

- O'zbekistonga qarshi o'yindan o'z fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. Uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko'rdingiz?
- Musobaqani juda yaxshi boshladik. O'zbekiston KXDR jamoasidan kuchli ekanligini ko'rdik. Bu jamoa o'tgan Osiyo Kubogida to'rtinchi o'rinni olgandi. Tarkibdagi bir qator futbolchilar Qatardagi qita chempionatida ham ishtirok etishgan. O'zbekiston safida 8 (Jeparov) va 18-raqamdagi (Kapadze) futbolchilar kuchli. Individual tarzda o'ynay oladigan o'yinchilar ko'p. Raqibimizda jamoaviy o'yin ham kuchli. 2011 yil biz O'zbekiston bilan 2:2 hisobida durang o'ynagandik. Bu safar ularni mag'lub etishga urinamiz, - deydi Alan Perren.

Himoyachi Zang CHengdong esa dastlab quyidagi fikrlarni bildirdi:
Raqibimiz kuchli futbolchilarga ega. O'tgan musobaqalarda juda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan. Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda biz yaxshi o'ynab ijobiy natijaga erishdik.

 - O'tgan o'yinda jamoaingiz safida qaysi futbolchini eng yaxshi deb ayta olasiz?

- Saudiya Arabistoni bilan bahsda barcha o'yinchilar juda yaxshi o'ynashdi. Hech bir futbolchini alohida ajratib ko'rsata olmayman.  

- Krishtianu Ronalduning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganiga munosabatingiz? Ikkinchi savol O'zbekiston haqida nima deya olasiz?

- Ronaldu haqli ravishda "Oltin to'p"ga ega chiqdi. Lekin qolgan nomzodlar ham kuchli edi.

Biz O'zbekiston terma jamoasini yaxshi o'rganib chiqdik. Ikkinchi turdagi bahsga tayyormiz.

- KXDR va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yin oldinroq bo'ladi. Ushbu uchrashuv natijasi Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi bahsga tasiri bo'ladimi?

- Bizning O'zbekistonga qarshi ishlab chiqqan rejamiz bor. SHu bois faqat o'z o'yinimizga etibor qaratamiz. Albatta uchrashuv natijasini bilishimiz turgan gap.

- 2011 yil Xitoy ilk turda g'alaba qozongan. Lekin guruhdan chiqa olmagandi. Bu safar ham dastlabki turda yutuq bo'ldi. Bu safar natija yaxshiroq bo'larmikin?

- Guruh bosqichi uchta o'yindan iborat. Agar uchala o'yinda yaxshi o'ynasak albatta chorak finalga chiqamiz.

- Statistikaga nazar solsak Xitoy Osiyo Kuboklarida O'zbekiston bilan uch marta to'qnash kelib umuman g'alaba qozona olmagan. Bir marta durang o'ynagan va ikki bor yutqazgan. Bu ertangi bahsdan oldin sizlarga qo'shimcha bosim yuklaydimi?

- Tarix tarixligicha qoladi. Biz bugungi kun bilan yashaymiz. Albatta O'zbekiston terma jamoasi ham kuchli. Xitoy ertaga g'alaba qozonish uchun urinadi.

Narzulla Saydullaev
Brisben
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика