Aleksis: "Messi kiyinish xonasida yig'lagan"
11 fev 2018 18:13
Yangiliklar
Aleksis: "Messi kiyinish xonasida yig'lagan"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches 2012 yil "Barselona" CHempionlar ligasidan chiqib ketganida Kataloniya klubidagi sobiq jamoadoshi Lionel Messi yig'lagani haqida aytib berdi.
Ko'k-anorranglilar ikki uchrashuv natijasiga ko'ra 2:3 hisobida mag'lub bo'lishgan, Messi esa penaltidan gol ura olmagan edi.
"Agar finalda mag'lub bo'lsang, yig'lab yuborish futbolning bir qismi. "CHelsi"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Barselona" kiyinish xonasida Messi yig'laganini ko'rganman, ammo odamlar buni ko'rishmaydi. Ular quyidagi gapni aytishadi: "U o'zgargan". Vaqt o'tishi bilan hammaga yoqishning iloji yo'qligini tushundim, har doim kimdir norozi bo'ladi" - deydi Sanches.
Fikrlar