Aleksey Estafeev: “Qiyin g'alabaga erishdik”
11 sen 2024 22:30
Yangiliklar
Aleksey Estafeev: “Qiyin g'alabaga erishdik”
O'yin haqida
- Qiyin g'alabaga erishdik. Qiyin deganimning sababi, “Xorazm” juda yaxshi shakllangan jamoa. Urganchga kelib ochko olib ketish oson emas. Mezbonlar bugun ham juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Biz himoyadagi ishonchli o'yin va jamoaviy birdamlik evaziga g'alabaga erishdik. Tashkilotchilik uchun “Xorazm” klubi vakillariga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim.
- Jamoangiz so'ngi o'rinda bo'lsa ham, ularni g'alabaga undash uchun qanday ishlarni amalga oshirdingiz?
- Ketma-ket mag'lubiyatlar yigitlarga ruhiy tomondan salbiy tasir ko'rsatgan edi. Yuzaga kelgan tanaffus vaqtida jamoa bilan jiddiy ishladik. Ruhiy tomondan ularga ishonch zarur edi. Oldindagi o'yinlarda ham g'alabalarga erishib, natijalarimiz ijobiy tomonga o'zgarishidan umid qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar