So’nggi yangiliklar

00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  3 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  2 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  10 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  2 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  14 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  24 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  2 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  19 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  1

Aleksandr Xomyakov: "Superliga birinchi davrasida "Navbahor”ni yirik hisobda mag'lub etganimiz finalda ham shunday bo'lishini anglatmaydi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Superliga birinchi davrasida "Navbahor”ni yirik hisobda mag'lub etganimiz finalda ham shunday bo'lishini anglatmaydi"

Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Andijon” - “Neftchi” (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- 90 daqiqa davomida har ikki jamoaning kurashuvchan o'yini guvohiga aylandik. Vaziyatlar bo'ldi, biroq gol kiritilmadi. Derbi maqomiga mos o'yin bo'ldi. Futbolchilarga va muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz, ular bugun maydonda va tribunada birdek yaxshi ishlashdi. G'alaba taqdim etishni istagandik, durang bo'lib qoldi.

- Siz demak natijadan qoniqmayapsiz, shundaymi?

- Qoniqmadim deya olmayman. Biz g'alabani istagandik, kubok finali oldidan muxlislarimizga g'alaba taqdim etishni maqsad qilgandik. Harxolda ochko qo'lga kiritdik.

- 7 ta o'yinda 2 ochko. Bosh murabbiy sifatida faoliyatingizdan qoniqayapsizmi?

- Ishlashda davom etayapmiz. Maksimal maqsadlarimiz o'xshamadi, ko'p ochko jamg'ara olmayapmiz. Takror aytaman, biz har doim g'alabani istaymiz.

- Nega ikkinchi hujumchi maydonga tushirilmadi?

- Zaxirada o'yinni kuchaytiradigan futbolchilar etishmayapti. Raqibning kuchini ham hisobga olish kerak. Maydon markazini boy bermaslik uchun shunday uslubda o'ynashga majbur edik. Ikkinchi hujumchi tushirmaganimiz sababi shu edi. Bizda universal futbolchilar bor, ular istalgan vaqtda hujumchi roliga chiqib bora oladi. Avvalgi o'yinlarda yo'l qo'yilgan xatolarni takrorlashni istamadik.

- Final oldidan jamoadagi kayfiyat qanday? Futbolchilarni ruhlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirayapsiz?

- Har o'yindan so'ng aytayapman, biz uchun maydonga chiqqan o'yinimiz final. Muxlislarimiz ham bizga shunaqa muhit yaratib berishmoqda. Barcha tushunib turibdi, xotirjamlik kerak. Final uchrashuviga tayyorgarlik ko'rish uchun etarlicha vaqtimiz bor. Maqsad uchun harakat qilamiz. “Navbahor”ni Superliga birinchi davrasida yirik hisobda mag'lub etganimiz finalda ham shunday bo'lishini anglatmaydi. Har ikki jamoa ham kubok maqsadi uchun maydonga chiqadi, kurashlarga boy o'yin o'tishiga shubha yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика