So’nggi yangiliklar

16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  2 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  88 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0

Aleksandr Xomyakov: "G'alabaga loyiq emas edik. Hujumda deyarli vaziyat yaratmadik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "G'alabaga loyiq emas edik. Hujumda deyarli vaziyat yaratmadik"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Ancha asabiy o'yin bo'ldi. Bunday ajoyib qo'llab quvvatlashga qaramay, bugun yana ochko yo'qotdik. G'alaba qozonishimiz kerak edi. Bosim bor edi. Birinchi taymda juda yomon o'yin o'tkazdik, ikkinchi bo'limda ham zo'r o'ynab yubordik demayman. Bugun g'alaba loyiq emas edik. Sababi xavfli vaziyatlar yarata olmadik va samarali hujum uyushtirmadik. Lekin o'yin kurashlar va emociyalarga boy bo'ldi. Raqib barcha zonalarni yopdi va bizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Biz tayyorlagan reja ish bermadi. Umumiy fikrim, bugun ikki jamoa ham durangga loyiq edi.

- Bugun "Andijon" kambek qayd etishi va g'alaba qozonishiga nima etmadi?

- Hujumda hech nima qila olmadik. Agressivroq o'ynashimiz kerak edi. Aniq va sezilarli o'yin chizgisi yo'q. Raqib zonalarni yopdi va yaxshi himoyalandi. "Metallurg"ning shu harakatlarini bizni to'xtatishga etarli bo'ldi. O'yin so'ngidagi ohirgi "shturm" ham deyarli hech qanday foyda keltirmadi. Bugun g'alabaga loyiq emas edik.

- Siz amalga oshirgan o'zgarishlar bugun qanchalik o'zini oqladi? Gol o'tkazib yuborilganidan so'ng ko'p futbolchilarni almashtirdingiz, ammo maydonga tushgan yangi futbolchilar o'yinni etarlicha kuchaytira olmagandek tuyuldi menga.

- Fikringiz to'g'ri. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olmagan bo'lishi mumkin, ammo ularda istak va xohish bor edi. Bunday asabiy va emocional uchrashuvda o'yinga qo'shilib keta olmaslik ehtimoli ancha yuqori. Bizning ko'pgina futbolchilarga tajriba etishmayapti. SHuningdek, tarkibimizdagi birorta futbolchi faoliyati davomida medallar uchun kurashmagan. Bu qo'shimcha bosim. Peshqadamlar o'rnida bo'lsangiz har o'yin g'alaba kutishadi. Biz qilgan o'zgarishlar o'yinni kuchaytirmagan bo'lishi mumkin, ammo maydonda charchab qolgan futbolchini ham o'ylashim kerak. Uni zaxiraga olmasam natijaga yomon tasir qilishi aniq. Qanotda futbolchilarimiz juda yosh va bugungi raqibimiz ularga qarshi juda samarali himoyalandi. CHuqur himoyaga yotib olgan jamoalarga qarshi o'z rejamizni ishlab chiqqanmiz, biroq u hozircha umuman ish bermayapti. Zaxiraga qo'l urganimga asosiy sabab, hujumni kuchaytirish edi. Lekin amalda unday bo'lib chiqmadi. Maydon markazida boy berdik. Qanot futbolchilarimiz deyarli vaziyatlar yaratishmadi.

- "Andijon" jamoasi so'ngi uch uchrashuvda g'alaba qozona olmayapti. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Bir nechta holatlarning tasiri bunga asosiy sabab bo'la oladi. O'yin sifati meni qoniqtirmayapti. Hujumdagi o'yin ham. Himoyada ham ideal o'ynamayapmiz, deyarli har uchrashuvda gol o'tkazib yubormoqdamiz. G'alaba qozonmayotganimizga bir nechta sabablar bor.

- Har bir uchrashuvda gol o'tkazib yuborayapmiz deb aytdingiz. Darvozabon Litovkaning o'yinidan qoniqayapsizmi?

- Mavsum boshlanganidan beri deyarli 10ta o'yin o'tkazdik. Litovka esa bor yo'g'i bir marotaba xatoga yo'l qo'ydi. Har 10ta bahsda bitta xatoga qilish bu normal holat.

- So'ngi o'yinlarda jamoa hisobga oldinga chiqib olganidan so'ng himoyaga yotib olmoqda. Yoki faqat menga shunday tuyulmoqdami?

- Fikringizga qo'shilaman. Biz o'zimizga kerakli natija qayd etishni boshlashimiz bilan himoya haqida o'ylayapmiz. O'tgan mavsum ham shunday xatolarga yo'l qo'ygandik. O'tgan yili OKMK va "So'g'diyona"ga qarshi kechgan uchrashuvlar bunga misol bo'la oladi. Sizlar jurnalistlarga katta rahmat. "Andijon" jamoasi haqida ko'p o'ylamoqdasiz va qayg' urayapsizlar. Biz ham g'alaba qozonishni istaymiz, ammo bu futbol. Natija har doim ham biz istagandek bo'lavermaydi.




Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика