So’nggi yangiliklar

17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  6 15:19ЎзЭл Классикосига превью  14 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  5 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2

Aleksandr Xomyakov: "Bugun Andijon viloyati hokimi bilan uchrashaman va klubdan ketaman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bugun Andijon viloyati hokimi bilan uchrashaman va klubdan ketaman"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.




"Asabiy o'yin bo'ldi. Bizda ko'p narsa o'xshamadi, balki bosim tasir qilgandir. Juda ham yutishni istagandik. Yigitlarda hayajon sezilib turdi. O'yin so'nggida biz ham, raqib ham ajoyib imkoniyatlarga ega bo'ldi. Uchrashuv haqida nimadir deyish qiyin. Ko'plab futbolchilar bunday o'yinlarda o'ynash tajribasi yo'q. Afsuski durang bo'ldi. Natija barchasidan ustun turadi. Rahbariyat natija talab qilishini juda yaxshi bilaman. Viloyat hokimi va klub prezidenti SHuhrat Qo'shoqboevich natija hamda g'alabalarni talab qilishga haqqi bor. Bugunoq rahbar bilan uchrashib jamoadan ketaman. Natija yo'q ekan balki yangi murabbiy futbolchilarni ruhlantrib yuborar. O'z ishimdan qoniqmadim. Hozir nima desam ham bahona bo'lib qoladi. Ketma-ket uchta o'yin g'alabasiz bo'ldi. Bugun juda ham yomon o'ynadik. Yana qaytaraman ariza yozib bosh murabbiy lavozimini tark etishga tayyorman, barchasi rahbariyatga bog'liq. 3ta turda 1 ochko bu kam", - dedi Xomyakov.

- Muxlislar va jurnalistlar siz bosh murabbiy bo'lishingizni xohlashadi...
- Afsuski ish beruvchilar boshqa odamlar va barchasi ularga bog'liq. Bugun rahbariyat bilan gaplashib olishga va kelajagimga oydinlik kiritishga umid qilaman. Bu erga kelganimda klubni tuzishni boshqacharoq ko'rgandim. O'tgan mavsum so'nggida boshqa klublardan menda takliflar bo'lgandi. Ularni rad qilgandim. Men murabbiyman, boshqa sharoitlarda ishlashni istayman. Natijadan qatiy nazar klubdan ketishga tayyorman.

Bugun natija zarur edi. Bunday o'yinlarda kamroq xato qilgan jamoa yutadi. Ha biz birinchi turda "Lokomotiv" bilan chiroyli o'yin ko'rsatgandik, ammo chiroyli o'yinga ochko berishmaydi. Bugun esa natija kerak edi. SHu bois chiroyli o'yin kerak emas deb uqtirgandim.

- Dastlabki uchta turdagi raqiblar ham kuchli ediku, "Lokomotiv", "Nasaf" va "Navbahor". Bu klublar OCHL uchun kurashishmoqda.

- To'g'ri, lekin rahbariyatga raqib kim bo'lishining farqi yo'q. Natija yo'q, demak murabbiy ham yo'q.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика