So’nggi yangiliklar

23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  2 23:15АПЛ. "Вест Хэм" - "Челси". Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  2 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  3 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  45 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  250 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  2 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0

Aleksandr Xomyakov: "Asosiy etiborni himoyaga qaratib, raqibni qarshi hujumda jazolashni maqsad qilgandik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Asosiy etiborni himoyaga qaratib, raqibni qarshi hujumda jazolashni maqsad qilgandik"

"Metallurg" - "Andijon" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.

Albatta, shubhasiz xursandman. Kiritilgan g'alaba uchun o'z shogirdlarimga minnatdorchiligimni bildiraman. Safarda ham g'alaba qozona olishimizni amalda isbotlaganlari uchun, irodalarini ishga solishgani uchun ularga rahmat aytmoqchiman. Ular ko'rsatgan ko'rsatmalarimni bajara olishdi. Raqibni zaif nuqtasini topa oldik. Raqib bir kishi kam bo'lib qolgani uchun, qolaversa, o'z maydonida mag'lub bo'layotganligi uchun bor etiborini hujumga qaratdi. Biz himoyaga urg'u berib, qarshi hujumda raqibni jazolashni kutdik. Maqsadimizga erishdik. Muxlislarga alohida rahmat aytishim kerak, olis yo'l bo'lsa ham bizni qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurganlariga. Keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Garchi "Metallurg" bir kishi kam harakat qilgan bo'lsa-da, shogirdlaringizni o'yin vaqtini atayin cho'zgandek tuyuldi. Bu haqda nima deysiz?

- Siz haqsiz. Futbolchilar jismonan toliqib qolishmoqda. Sababi, taqvimning tig'izligi. Asosiy urg'uni futbolchilarni tiklanish jarayoniga qaratyapmiz. SHu sababli, futbolchilarni mushaklari tortib qolmoqda. Qaytarib aytaman, hozir o'yin sifatidan ko'ra bizga ko'proq g'alaba kerak. Vaziyatimiz shunaqa.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика