So’nggi yangiliklar

20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  21 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:0 (матнли трансляция)  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Aleksandr Xomyakov: "Alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldik"

Superliga 7-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Andijon" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Jamoa yomon o'ynadi deyolmayman. Biz etibor qaratgan vazifalarimizni bajardik. To'pni yaxshi boshqardik, o'yinda ustunlikka erishdik, vaziyatlar yaratdik. Raqibning dastlabki daqiqalardagi o'yinini hisobga olmasak, biz o'yinni nazorat qildik. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo yakun etishmadi.

Burchak to'pidan so'ng to'p o'tkazib yubordik. Alamli mag'lubiyatga uchradik. Jamoaga etirozim yo'q.

— Bugun Uskokovich o'ynamadi. U so'nggi vaqtlar standartlardan ko'plab gollar urdi. Bugun uning zaxirada qoldirilgani rotaciya bilan bog'liqmi?

— Ketma-ket uchta o'yin, og'ir yuklama. Oldinda ham ikkita qiyin o'yin bor. Шu sabab unga tiklanib olish uchun imkon berdik. Hozirda rotaciya qilish uchun zaxirada o'yinchilar bor. Umuman olganda, bugungi o'yinni yaxshi o'tkazdik.



— "Paxtakor" mag'lub etilganidan so'ng jamoa ikkita ketma-ket mag'lubiyatga uchradi. Jamoa yaxshi o'ynamoqda, ammo natijaga kelganda nimadir o'xshamayapti.

— Oson ochkolar berayotganimiz yoqmayapti. Bu o'yinda ham "So'g'diyona" natijaga erishish uchun barchasini qildi. Biz vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика