So’nggi yangiliklar

00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  0 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  1 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  9 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  1 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  11 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  22 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  18 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  1

Aleksandr Krestinin: "G'alabalar vaqti keldi" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "G'alabalar vaqti keldi"

Superliganing 18-turi doirasida "Andijon" maydonidagi g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin fikrlarini bildirdi.




- Ilk navbatda muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Ular nafaqat uyda, balki, safarda ham bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. Yigitlardan minnatdorman. Bu juda muhim 3 ochko edi. Raqib juda qiyin jamoa edi. "Andijon" maydonida doimo muxlislar jamoani fantastik ravishda qo'llab turishadi. Jamoa mamlakat kubogi finaliga chiqdi. Qiyin o'yin bo'ldi, biroq yigitlarga gap yo'q. Haqli ravishda 3 ochkoni oldik.

- Jamoa boshqaruviga kelganingizdan keyin ilk natijalar yaxshi bo'lmagandi. SHunda Siz jamoaning o'yini yaxshilanmoqda, natijalar ham keladi degandingiz. So'nggi ikki turda g'alabani ko'rdik. Jamoada nimalarni o'zgartirdingiz?

- G'alabalar ishonch evaziga keladi. Yigitlar sifatli va chin yurakdan shug'ullanishmoqda, bu borada muammolar yo'q. Ruhiy tomondan bugun g'alaba juda kerak edi. Va mana g'alabalar vaqti keldi.

- Ikkinchi bo'limda "Andijon" to'pga ko'proq egalik qildi.

- Gol urib olganimizdan keyin noto'g'ri o'ynay boshladik. Bunday reja qilmagandik aslida. Urilgan goldan o'tkazib yuborilgan golgacha bo'lgan o'yin rejamizda bo'lmagandi. Gol o'tkazib yuborgandan keyin yana o'ynashni boshladik. Gol urganimizdan keyin raqib posboni to'p bormaganidan sovqatib ham qoldi. Rejada bo'lmagan ko'rsatilgan o'yindan chiqib keta oldik. 

- "Lokomotiv" o'yinning qaysi jihatlari bo'yicha "Andijon"dan ustunlik qildi. Men futbol eksperti emasman, lekin bugun g'alaba uchun ayyor taktika qilindi deb hisoblayman.

- SHu ayyor taktika uchun ham ishlash kerak. Biz bitta ko'proq gol urdik va bitta kamroq gol o'tkazib yubordik. Ikkala jamoa ham kurashdi. Bu erda holatni mayda detallarga qarab taxlil qilish kerak bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика