Albaniya yarim himoyachisi "Evro" va Jahon chempionatlari tarixida kuzatilmagan antiqa natija qayd etdi
19 iyu 21:30
Yangiliklar
Albaniya yarim himoyachisi "Evro" va Jahon chempionatlari tarixida kuzatilmagan antiqa natija qayd etdi
Albaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Klaus Gyasula dastlab 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 76-daqiqada avtogol qayd etdi. O'yinning 90+5 daqiqasida yana o'sha Klaus Gyasula Albaniya mag'lubiyatdan saqlab qolgan gol muallifiga aylandi.
SHunday qilib, Klaus Gyasula "Evro" va Jahon chempionatlari tarixida zaxiradan maydonga tushib, ikkala jamoa uchun gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.
Umuman olganda, "Evro" tarixida bir o'yinda ham avtogol, ham o'z jamoasi uchun gol urgan o'yinchilar ham ko'p emas. Klaus Gyasuladan tashqari bunday natijani shu paytga qadar faqat Anton Ondrus ( CHexoslovakiya ) 1976 yilda qayd etgandi.
Croatia Andrej Kramaric - 74', Klaus Gjasula - 76' |
EURO Grp. B . 2-tur 19/06/2024, 19:00 2
:
2
Tugadi
|
Albania Qazim Laci - 11', Klaus Gjasula - 90' |
Stadion: Volksparkstadion, 46784 tomoshabin
Bosh hakam: Francois Letexier
Fikrlar