Alan Shirer: "Liverpul"ning o'yinida barcha jabhada muammolar bor"
25 jan 17:44
Yangiliklar
Alan Shirer: "Liverpul"ning o'yinida barcha jabhada muammolar bor"
Angliya futboli afsonasi Alan Shirer "Liverpul"ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklari va "Bornmut"dan uchralgan mag'lubiyat (2:3) haqida keskin fikr bildirdi.
"Agar "Bornmut" haqida gapiradigan bo'lsak, ular "Liverpul"ga qarab: "Nima uchun biz ularni mag'lub eta olmas ekanmiz?" deb o'ylashdi. Arne Slot jamoasi o'tgan mavsumdagidek ko'rinmayapti.
"Liverpul"ning o'yinida barcha jabhada muammolar ko'zga tashlanmoqda. Ular juda ko'p xatolarga yo'l qo'yishyapti, himoya esa zaif — buni raqibning g'alaba golida ham ko'rdik. Garchi ular standart vaziyatlardan ikkita gol urishgan bo'lsa-da, ochiq o'yinda etarlicha imkoniyatlar yarata olishmayapti", — dedi Shirer "Match of the Day" ko'rsatuvida.
Eslatib o'tamiz, APLning amaldagi chempioni hisoblangan mersisaydliklar 23-turdan so'ng turnir jadvalida kuchli uchlikdan pastda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar