Alan Brandi: "Argentina terma jamoasi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishni maqsad qilgan"
24 sen 2024 09:50
Yangiliklar
Alan Brandi: "Argentina terma jamoasi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishni maqsad qilgan"
"O'z guruhimizda birinchi bo'lish biz uchun muhim ahamiyatga ega edi. Biz Jahon chempionatidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. SHuningdek, guruh bosqichida ko'p gol urdik va bizni xursand qildi. Raqiblarimiz ancha jiddiy edi, ammo biz barcha jamoalarni mag'lub eta oldik. Keyingi bosqichda esa, mag'lub bo'lgan jamoalar o'z uylariga jo'nab ketishadi. Har bir kichik xato qimmatga tushishi mumkin. Biz ikki kun davomida dam olib, keyin esa musobaqaning eng qiyin qismiga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz", - dedi Brandi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 1/8 finali doirasida Argentina terma jamoasi Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi. To'qnashuv 27 sentyabr kuni "Humo" Arenada soat 20:00da start oladi.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar