So’nggi yangiliklar

18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:0 (матнли трансляция)  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  8 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  14 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  119 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  7 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4

“Al Zavra” bosh murabbiyi: “Bunyodkor” bilan o'yinga tayyor emasmiz, sababi...” Yangiliklar

“Al Zavra” bosh murabbiyi: “Bunyodkor” bilan o'yinga tayyor emasmiz, sababi...”

OCHL-2020 saralashi doirasidagi “Bunyodkor” – “Al Zavra” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Bosim Qosim va Muhannad Abdulrahim ishtirok etdi.

- Bizni qiyin o'yin kutib turibdi. Tan olish kerak, jamoam ertangi uchrashuvga tayyor emas. CHunki Iroqda chempionat uch oy oldin to'xtatilgan. Bu orada biz o'rtoqlik o'yinlarida ham maydonga tushganimiz yo'q, - deydi Bosim Qosim


- Bosh murabbiyning fikrlariga qo'shilaman. Haqiqatdan biz o'yinga tayyor emasmiz. Lekin g'alaba uchun qo'ldan kelgancha harakat qilamiz, - Muhannad Abdulrahim


- O'zbekistonda ham yangi mavsum start olgani yo'q. Qaysidir manoda har ikkala jamoa ham bir holatda. SHu vaziyatga nima deysiz?

- Vaziyat har xil, "Bunyodkor" BAAda yig'in o'tkazdi. Bizning jamoa esa na Iroqda, na O'zbekistonda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmadi. Bundan tashqari jamoamiz O'zbekistonga ikkiga bo'lingan holda etib keldi. Uch nafar eng asosiy futbolchilari klubni tark etdi. Ulardan ikki nafari hujumchi edi. Ammo shunga qaramay "Al Zavra" Iroqning eng mashhur klubi, shu bois ertaga g'alaba qozonib, iroqlik muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. 


- Raqibni o'rganish jarayoni qanday kechdi?

- 15 yil oldin O'zbekistonga kelganman, o'tgan yil ham "Eyr Fors" ustozi sifatida O'zbekistonga kelgandim. "Bunyodkor" hozir yaxshiroq imkoniyatga ega. O'zbek futbolchilari va o'zbek klublari haqida etarli malumotga egaman. 


- Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishingiz kerak edi.

- Kuni kecha biz "Oq-tepa" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishimiz kerak edi. Biroq maydon holati juda ham yomon edi. SHu bois "Oq-tepa" bilan o'yinni bekor qildik. Futbolchilarim jarohat olishlari mumkin edi.


- “Bunyodkor”ning besh futbolchisi jamoada emas, tarkibda yangilar ko'p. Bu holat sizlarga ustunlik bermaydimi?

- "Bunyodkor"ning 5 nafar futbolchisi ayni paytda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan birga ekanligini bilamiz. Yangi futbolchilar kelganligini ham bilaman. Ikkala jamoaga omad tilayman, ertaga stadionga keladigan muxlislarga ham omad tilayman. To'qnashuv bitta o'yindan iborat. Yosh va tajribali futbolchilar yordamida g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 


Iroq futbol Federaciyasi va iroqlik futbolchilar nomidan OFKga rahmat aytaman. Ular har qanday qiyin holatda Iroqni qo'llab-quvvatlashadi", - deydi Bosim Qosim.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика