Kroos: "Germaniya hozirda katta yutuqlarga erisha oladigan terma jamoalar qatorida emas"
09 sen 19:59
Yangiliklar
Kroos: "Germaniya hozirda katta yutuqlarga erisha oladigan terma jamoalar qatorida emas"
"Hozir biz eng katta yutuqlarga erisha oladigan jamoalar qatorida emasmiz. Chunki boshqalar shunchaki kuchliroq. Ammo men ishonamanki, agar eng sara nemis futbolchilari jalb etilsa va ularning barchasi formada bo'lsa, bizning kuchli tomonlarimiz bor. Ha, biz hozir jahon chempioni unvoni haqida gapirishdan yiroqmiz. Biroq turnir kelasi yozda bo'lib o'tadi. Ayni paytda biz bundan juda uzoqdamiz va haqiqatan ham eng yaxshi holatda emasmiz. Lekin yozda – kerakli o'yinchilarni formaga keltirsak bo'ladi. Biz saralashda nisbatan oson guruhga tushdik va bu borada juda omadlimiz", – dedi Kroos.
Germaniyaliklar saralash turnirining 1-tur uchrashuvida Slovakiyaga imkoniyatni boy berdi (0:2), 2-turda Shimoliy Irlandiya terma jamoasini mag'lub etdi (3:1). Germaniya 3 ochko bilan "A" guruhida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar