"Al Ayn" jamoasini yaxshi bilamiz" - Ro'ziqul Berdiev
28 dek 2023 14:53
Yangiliklar
"Al Ayn" jamoasini yaxshi bilamiz" - Ro'ziqul Berdiev
Ro'ziqul Berdiev OCHL chorak final uchun tashlangan quradan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
Qura natijalariga ko'ra Qarshi jamoasi BAAning "Al Ayn" klubi bilan to'qnash keladigan bo'ldi.
"OCHL musobaqasining bu bosqichida ishtirok etishning o'zi katta yutuq. Uchrashuvning Qarshida bo'lishi muxlislar uchun katta bayram bo'ladi deb o'ylayman. CHorak finalda ishtirok etayotgan jamoalar orasida birorta ham kuchsiz raqibning o'zi yo'q.
"Al Ayn" jamoasini yaxshi bilamiz. Ular ushbu mavsumda "Paxtakor" jamoasi bilan ikki bor bellashishdi. Bu bizga raqibning imkoniyatlarini chamalab olishga imkon beradi. Biz amirlikar jamoasi bilan bo'lib o'tadigan o'yingacha yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak bo'ladi", – dedi Berdiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar