So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  15 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  1 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  19 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Akmal Tursunboev: "Tanqid qilishga barchaning haqqi bor, lekin..." Yangiliklar

Akmal Tursunboev: "Tanqid qilishga barchaning haqqi bor, lekin..."

"Andijon" klubi darvozaboni Akmal Tursunboev birinchi davrada oliy ligada debyut qildi.

O'zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalari safida ko'plab o'yinlarda maydonga tushgan posbon bilan birinchi davra yakunlari va ikkinchi davradagi maqsadlar haqida suhbatlashishga qaror qildik.

- "Andijon" birinchi davrani 9 ochko to'plab musobaqa jadvalining 15-pog'onasida tugatdi. Dastlabki davra haqida fikrlaringiz qanday?

- Birinchi davra kutganimizdek va xohlaganimizdek o'tmadi. Biz ko'proq g'alabalarga erishishni va ko'proq ochko to'plashni rejalashtirgandik. Bu yil "Andijon" safida oliy ligada debyut qildim. Lekin debyutga ancha oldin tayyor bo'lgandim. Turli yoshdagi terma jamoalar safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etganman. SHu bois oliy ligada o'ynashga to'liq tayyor edim deya olaman.

- "Andijon" klubidagi darvozabonlar o'rtasidagi raqobat qanchalik kuchli?

- Klubda ajoyib darvozabonlar to'plangan. O'rtamizda sog'lom raqobat bor. Bu esa har birimiz yanada kuchayishimizga xizmat qiladi, har kuni mashg'ulotlarda bor kuchimiz bilan ishlashga undaydi. Murabbiylar esa kimni kuchli va maydonga tushishga tayyor deb bilishsa o'shani tarkibga kiritishadi.


- Baxtiyor Ashurmatov va Orif Mamatkazin. Bu murabbiylar haqida fikrlaringiz?
- Ikkala murabbiy ham tajribali va malakali murabbiylar hisoblanishadi. Ular futbolchilarni doim qo'llab-quvvatlay olishadi. Har bir murabbiy jamoasi g'alaba qozonishini istaydi. Bazida bu amalga oshmaydi, shunda murabbiy shogirdlarini qo'llay olishi kerak. Ularda aynan shunday xislat bor.

- Oliy ligada legioner darvozabonlarga taqiq qo'yilgani qanchalik foyda bo'ldi?

- Bunday taqiq qo'yilgani mahalliy darvozabonlar uchun foydali bo'ldi. Bu shaxsiy fikrim. Yosh va iqtidorli posbonlar endi oliy ligada ko'proq o'ynashmoqda va tajribalarini oshirishmoqda. Bu esa kelajakda terma jamoaga foyda keltirishi aniq.

- O'yinlar chog'ida o'z darvozangizdan ko'p gol o'tkazib yuborsangiz, ruhiy tomonlama o'zingizni qanday tiklaysiz?

- To'g'ri ko'p gol o'tkazsangiz juda og'ir bo'ladi. Qaerdadir xato qilganimni yoki qaerdadir jamoamni qutqarib qola olmaganimni his qilaman. Bazida har qancha harakat qilsang ham berilgan zarba gol bilan tugayveradi. Ammo bu futbol, bo'lib o'tgan narsani ortga qaytarib bo'lmaydi. SHu bois yanada ko'proq mehnat qilishga va oldingi o'yinlarni unutishga urinaman.

- Muxlislar tomonidan tanqid eshitsangiz uni qanday qabul qilasiz?

- Muxlislar futbolchilarni tanqid qilishlarini to'g'ri qabul qilaman. Biroq menimcha haqorat qilish kerak emas. Tanqid qilishga barchaning haqqi bor. Futbolchilar ham muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushishadi. Ular ham mag'lubiyatlardan so'ng o'zlarini juda yomon his qilishadi.


- Nega aynan darvozabon bo'lgansiz?
- Barchasi o'z-o'zidan sodir bo'lgan. Yoshligimda darvozaga turib ko'rishga qaror qilgandim. Berilgan zarbadan so'ng to'pni otilib qaytargandim, bu menga yoqib qolgandi. SHu-shu qo'limga qo'lqop kiyib darvozabon bo'lishga qaror qilganman.

- Jahonda qaysi darvozabonlarga havas qilasiz?

- Dunyoda ko'plab yaxshi va kuchli darvozabonlar bor. Ulardan yoshligimda Iker Kasilyasning o'yinlariga havas qilardim. Hozirda yoshlardan David De Xeya ham ajoyib o'ynamoqda. Bundan tashqari Janluiji Buffon, Manuel Noyer kabi darvozabonlar ham jahonda o'z o'rinlariga egalar.

- "Andijon" ikkinchi davrada oliy ligada qolish vazifasini uddalay oladimi?

- Tarkibda ikkinchi davradan oldin katta o'zgarishlar bo'ldi. Tajribali futbolchilar va legionerlar taklif etildi. Jamoa hozirgi egallab turgan o'rnidan teparoqda bo'lishga loyiq. Biz barcha yigitlar bilan birga ikkinchi davrada ko'proq g'alabaga erishib muxlislarni xursand qilishga urinamiz.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика