So’nggi yangiliklar

00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  1 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  1 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  7 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  0 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  2 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  1 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  4 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  2 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  13

Akmal Rustamov: "Beshinchi o'rindan ham yuqorida bo'lmoqchimiz" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Beshinchi o'rindan ham yuqorida bo'lmoqchimiz"

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qizilqum" (0:2) uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida navoiyliklar bosh murabbiyi Akmal Rustamov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Uchrashuv qiyin o'tishi bilardik, chunki "Mashal" ikkita o'yindan beri yutqazyapti. Har qanday jamoa ikki mag'lubiyatdan so'ng uchinchi bahsga yanada jiddiy harakat qiladi. Og'ir o'yinda g'alaba qozondik va buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. Bugun shogirdlarim berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Bizni sovuq havoga qaramay stadionga kelib qo'llab turgan muxlislarga alohida rahmat. O'yinimiz yaxshi chiqdi deb o'ylayman va 2:0 hisobida zafar quchdik.

- Bugun negadir Oleksiy Shebetunning o'yini chiqmagandek. O'tgan safar u berilgan vazifani bajarsa bo'ldi degandingiz.

- O'yinlar oralig'i kam bo'lmoqda. Avvalgi tur "Andijon" bilan bahsda ko'p kuch yo'qotdik. Shu bois birinchi navbatda jamoani jismoniy jihatdan bu o'yinga tayyorlashga harakat qildik. Shebetun ham boshqalar qatori harakat qilyapti. Jamoamizda uning o'rnini to'ldira oladigan hujumchilar bor. Bugun Shohruz Norxonov zaxiradan tushib o'zini ko'rsatdi va gol urdi. Futbolda shu: kimning o'yini chiqmasa, zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchi uning o'rnini to'ldirishi va shu orqali jamoa bir-biriga yordam berishi kerak bo'ladi.

- Qisqa muddat harakat qilgan G'iyosjon Rizaqulov haqida nima deya olasiz?

- G'iyosdan umidimiz katta. U olimpiya terma jamoasida o'ynaydi. Yaxshi harakat qilsa, o'yin vaqti oshib boradi va bir kun kelib jamoamiz etakchisiga aylanadi. Hammasi o'z qo'lida. Aytib o'tganimdek, undan umidimiz katta.

- Jamoa besh bor standart vaziyatni amalga oshirib, shundan faqat bittasida foydalandi. Bu nima degani?

- Nafaqat standart, balki to'pni autdan kiritish, burchak to'plari, jarima zarbalari - xullas hammasi bo'yicha ishlayapmiz. Birdaniga hammasi zo'r bo'lib qolmaydi, sekin-asta keladi deb o'ylayman. Xudo xohlasa, o'xshamagan narsalarni keyingi bahslarda o'xshatamiz.

- "Qizilqum" jamoasining bu yilgi maqsadi haqida?

- Bu haqda birinchi turdan keyin ham so'rashgandi. Rahbariyat jamoamiz oldiga beshinchi o'rin vazifasini qo'ygan, lekin biz yanada yuqoriroqdan joy egallashni xohlaymiz. Buning uchun oxirigacha harakat qilamiz.



Reyting: +1   

Fikrlar

   
11 mar 09:40:27
SUPERMEN SUPERMEN
Assalomu aleykum aka bu 5 o'rin masalasi qiyin masala judayam.
Qizilqumni eng yomon xislati xohlasa peshqadamdan ochko yulivoladi.
Bir qarasangiz outsider jamoa bilan qovushib o'ynolmay qoladi
   
11 mar 02:00:01
Toir Muratovich
Assalomu alaykum manimcha xar doimgidek birinchi davrada 5 yoki 6 o'rin bo'ladi ikkinchi davrada esa kuchli 10 da
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика