So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  5 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  9 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

Akmal Rustamov: "Yoshlarga ishonch bildiryapmiz" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Yoshlarga ishonch bildiryapmiz"

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng (1:1) mehmonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "So'g'diyona"ga qarshi kechgan o'yindan so'ng bugungi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtimiz kam edi. Shunga qaramay, uch kun oldin Andijonga kelib, tayyorgarlikni boshladik. Yigitlar Andijon ob-havosiga ko'nikib olishdi. "Andijon" o'z uyida juda kuchli raqib. "Andijon" muxlislari haqiqiy 12chi o'yinchi. O'tgan uchrashuvda taktik jihatdan kichik xatolarga yo'l qo'ygandik. Bir ochko bilan jamoani tabriklayman. Yigitlar barcha ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi", - deya fikr bildirdi Akmal Rustamov bugungi bahs haqida.

- "Qizilqum" bugun besh nafar himoyachi bilan o'ynadi. Bunga sabab nima?

- Nikola Lazarevich 4-1-4-1 sxemasida o'ynayotgan edik. Hozir jamoada 4-5ta yo'qotishlar bor. O'tgan o'yinda Shahzod Rahmatullaev ham jarohat oldi. Hozirgi taktik uslubimiz o'zgaruvchan. Ayniqsa hujumga o'tgan chog'imizda. Himoyada esa 5-4-1 sxemasiga o'tib olamiz. "So'g'diyona" bilan ushbu taktikani sinab ko'rdik. Bu uslub futbolchilarga ham yoqdi. Endi ushbu uslub ustida ko'proq ishlashimiz kerak.

- Ikkinchi bo'limda zaxiradan bahsga qo'shilgan futbolchilar o'yinni qanchalik kuchaytira oldi?

- Hozir jamoada yo'qotishlar bor. Biz yoshlarga ishonch bildiryapmiz. Navoiy futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga ishonamiz. Agar biz ularga ishonch bildirmasak, ular zaxirada qolib ketishadi. Ularni 5-10 daqiqaga bo'lsa ham maydonga tushirsak, ular yaqin kelajakda o'z o'rnini topib ketadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика