So’nggi yangiliklar

20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  1 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  4 18:49Мбаппе жароҳат олди  6 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  3 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  6 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  6 17:18Роберто Карлос юрагидаги муаммолар сабаб операция қилинди  1 16:24Бразилия клубига 3 та трансфер ойнасига тақиқ қўйилди  0 15:40FIFA The Best мукофоти тугатилмоқда: 2026 йилдан янги давр бошланади  11 15:08Лука Модрич: "Месси ёки Роналду" саволи менга ёқмайди"  3 14:27"Вулвс" АПЛнинг 17 ўйинида 1 та гол урган ҳужумчи учун 40 млн фунт сўраяпти  1 13:53МЮ 85 млн. еврога сотиб олган ҳужумчи кетма-кет 8 та ўйиндан бери гол урмаяпти  8 12:54Роналду 2009 йилдан бери илк бор тақвим йилида бирорта ҳам хет-трик қайд этмади  7

"Akalarimning gaplariga quloq solishim kerak edi" – Songa musht tushirishga uringan Li Kan In uzr so'radi Yangiliklar

"Akalarimning gaplariga quloq solishim kerak edi" – Songa musht tushirishga uringan Li Kan In uzr so'radi

PSJ futbolchisi terma jamoa ichida bo'lgan janjal ommaga chiqib ketganidan so'ng bu holat uchun kechirim so'radi.

Avvalroq, Son Xyon Min va Li Kan In o'rtasidagi nizo haqida xabar bergandik. Terma jamoa ovqatlanayotgan paytda stol tennisi o'ynab, shovqin ko'targan yosh futbolchilarga tanbeh bermoqchi bo'lgan Son Xyon Minga PSJ futbolchisi Li Kan In qo'l ko'tarishga uringan va yakunda Sonning qo'li shikastlangandi. Ushbu holatga vaziyatning asosiy qahramonlaridan biri Li Kan In munosabat bildirdi va barchadan uzr so'radi.

"Salom. Bu Li Kan In.

Osiyo kubogi yarim final o'yinidan oldin Son Xyon Min bilan janjallashganimiz haqidagi yangiliklarni ko'rdim.

Futbol muxlislarining xafsalasi pir bo'lishiga sababchi bo'ldik. Bundan juda afsusdaman. Men o'sha vaziyatda o'zimni qo'lga olishim va akalarim aytgan gaplarga quloq solishim kerak edi. Afsuski, men o'zimni yomon tomondan ko'rsatdim. Kimni hafa qilgan bo'lsam, ulardan uzr so'rayman. Muxlislar mendan nima kutishlarini yaxshi anglayman.

Bugundan boshlab jamoadagi do'stlarimga yordam berishga, eng yaxshi futbolchi va inson bo'lishga vada beraman", -deb yozadi Li Kan In.

Malumot uchun, Koreya Respublikasi Osiyo kubogi yarim final o'yinida Iordaniyaga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashgandi.

Dahshat! Iordaniyaga qarshi o'yindan oldin koreyalik futbolchi Son Xyon Minga musht tushirishga uringan

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика