So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

AGMK – “Qo'qon-1912” prevyu Yangiliklar

AGMK – “Qo'qon-1912” prevyu

Teglar :  Qo'qon-1912AGMK
Super liga 6-turini "Qo'qon-1912" Olmaliqda AGMK jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu o'yin 12 aprel kuni bo'lib o'tadi. Ananamizga sodiq qolgan holda mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlariga doir statistik malumotlarni taqdim etamiz.

O'zaro o'yinlar

AGMK va “Qo'qon-1912” klublari shu kunga qadar oliy ligada olti marta to'qnash kelishgan. O'yinlarning bittasida qo'qonliklar g'alaba qozonishgan. To'rtta uchrashuvda olmaliqliklar qo'li baland kelgan. Bitta bahsda g'olib nomi aniqlanmagan.

To'plar nisbati 9-6  AGMK foydasiga. O'zaro uchrashuvlarda qo'qonliklar to'rt ochkoni qo'lga kiritgan. AGMK hisobida esa 13 ochko mavjud.


Barcha uchrashuvlar:
18.04. 2015 – AGMK – Qo'qon-1912 – 2:1
26.08. 2015 – Qo'qon -1912 – AGMK – 0:1
30.06.2016 – AGMK – Qo'qon-1912 – 3:2
22.11.2016 – Qo'qon-1912 – AGMK – 2:1
25.05.2017 – AGMK – Qo'qon-1912 – 0:0
25.11.2017 – Qo'qon-1912 – AGMK – 1:2

Yubiley uchrashuvlar

Mazkur jamoalarning o'yini ko'p bor yubiley uchrashuvga to'g'ri kelgan. Xususan, 2015 yilda Qo'qondan o'tkazilgan bahs "Qo'qon-1912"ning chempionatdagi 300-uchrashuvi sifatida taxirda qolgan bo'lsa, 2016 yilgi bellashuvlar "Qo'qon-1912"ning 325 va 340-uchrashuviga to'g'ri kelgan. Bu jamoalarning o'tgan yilgi bahslari ham yubileyga to'g'ri kelgan. Olmaliqdagi o'yin "Qo'qon-1912"ning chempionatdagi 355-uchrashuvi, Qo'qondagi bellashuv esa 370-uchrashuv sifatida qayd etilgan.


Yana bir malumot. Mazkur jamoalarning birinchi davradagi barcha uchrashuvi Olmaliqda o'tkazilgan.

Hakamlar

12 aprel kuni Olmaliq shahrida bo'lib o'tadigan o'yinni SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

 
Superliga
6-tur
12 aprel (payshanba)
AGMK – “Qo'qon-1912”
Hakamlar: 
SH.Qosimov (Toshkent), A.Usmonov (Toshkent), A.Kalinin (Qarshi), A. Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi – A. Abdullaev (Toshkent).
Komissar – R.CHernikov.

Boshlanish vaqtlari

Payshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yin soat 18:00da boshlandi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика