So’nggi yangiliklar

20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  2 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  10

AGMK futbolchilari yosh muxlislar bilan uchrashuvda qatnashishdi Yangiliklar

AGMK futbolchilari yosh muxlislar bilan uchrashuvda qatnashishdi

Teglar :  AGMK
3 aprel kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Konchilik va Kon-metallurgiya kasb-hunar kollejlarida “AGMK” PFK rahbariyati va futbolchilari bilan yosh futbol muxlislari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda jamoa bosh direktori Muxtor Qurbonov, jamoa futbolchilari - Jasur Hasanov, Zohir Pirimov, Zafar Polvonov va Akmal SHorahmedovlar ishtirok etishdi.

Har ikki tadbir avvalida jamoamiz bosh direktori Muxtorov Qurbonov va Konchilik kasb-hunar kolleji direktori Bahodir Do'simbetov, Kon-metallurgiya kasb-hunar kolleji direktori Mansur Sattorovlar o'rtasida memorandum imzolandi. Unga ko'ra, futbol jamoasi va har ikki o'quv yurti o'rtasida hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi.

Uchrashuv davomida yosh muxlislar futbol sohasida olib borilayotgan islohotlar to'g'risida batafsil malumotga ega bo'lishdi. Muxlislarni stadionga qaytarish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yil yakuniga qadar AGMK futbol klubining Olmaliq shahrida o'z qarorgohi va akademiyasi ishga tushirilishi aytib o'tildi.

Qizg'in savol-javoblarga boy bo'lgan uchrashuvda eng yaxshi savol egalari va zukko yosh muxlislar jamoa rahbariyatining esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Mazkur ikki o'quv yurtida 3000 nafar talaba tahsil oladi. Uchrashuv davomida har ikki kollej talabalari AGMKning o'z maydonidagi uchrashuvlarni bevosita stadionda kuzatib borishlarini takidlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика