Antonio Konte Sterlingni "Napoli"da ko'rishni istamoqda
25 iyu 20:12
Yangiliklar
Antonio Konte Sterlingni "Napoli"da ko'rishni istamoqda
"Chelsi"ning angliyalik vingeri Rahim Sterling tez orada "nafaqaxo'rlar"ni tark etib, A Seriyaga o'tishi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" xabarida aytilishicha, 30 yoshli angliyalik futbolchi "Napoli"ning etiborini tortgan. Vingerning nomzodini shaxsan Neapolitan klubi ustozi Antonio Konte maqullagan.
Qayd etish joiz, "Chelsi" yangi mavsumda Sterlingga ishonch bildirmaydi. Bungacha matbuotda ingliz futbolchisi Leverkuzenning "Bayer" klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Rahim Sterling oldingi mavsum ijara asosida "Arsenal" sharafini himoya qildi. "Kanonirlar" tarkibida APLning 17 uchrashuvida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar