So’nggi yangiliklar

22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  0 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  0 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  4 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  8 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  1 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  1 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  5 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  26 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  58

Mirjalol Qosimov - Vitaliy Denisov, SHahboz Beg'amov va tarkibdagi o'zgarishlar haqida Yangiliklar

Mirjalol Qosimov - Vitaliy Denisov, SHahboz Beg'amov va tarkibdagi o'zgarishlar haqida

AGMK jamoasi kecha Turkiya yig'ini doirasidan o'rin olgan birinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Rossiyaning "Volga" klubiga qarshi kechgan bahsda olmaliqliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Albatta, bunday o'yinlarda natija oxirgi darajali hisoblanadi. Murabbiylar jamoaning holati, xato va kamchiliklarni ko'rib olishga harakat qilishadi. Yangi futbolchilar sinovdan o'tkaziladi. AGMK ustozi Mirjalol Qosimov ham fikrimizga qo'shilgan holda ayrim savollarimizga javob berib o'tdi. 

"Bu yig'inlarda natijaga etibor berish kerak emas. Jismonan tayyorgarlik yaxshi darajaga chiqishi muhim. Ertalab ham mashg'ulot bo'ldi. CHarchoq alomatida futbolchilarning harakatini tekshirib olish, qolaversa, jamoaga qo'shilgan yangi futbolchilarni bir-biri bilan tushunib olishi kabi jarayonlardan o'tishimiz lozim. Maqsadimiz – chempionat bahslariga jismonan tayyor holda etib borish", – deya gap boshladi Mirjalol Qosimov.



- Jamoaga taklif qilingan legionerlarning qaysi hislatlari maqul keldi? Tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikringiz...

- Himoyani kuchaytirishimiz kerak. Anzur Ismoilov va Sardor Rahmonov bor. Oldinda Superliga, Kubok va OCHL o'yinlarida ishtirok etamiz. CHempionat uzoq, har bir poziciyaga 2 tadan futbolchi bo'lishi kerak. SHuning uchun ham tunislik futbolchini taklif qildik, gruziyalik qanot yarim himoyachini oldik. Ular birinchi marotaba maydonga tushishdi. Vaqt ko'rsatadi, bu o'yin bilan xulosa qilib bo'lmaydi. Iloji boricha jamoani jismonan tayyorlayapmiz. 

- Yig'in davomida yana yangi nomlar kelishi mumkinmi?

- Yana bitta joyimiz bor. Vaqtimiz ko'p qolmadi. 15 fevralda transfer oynasi yopiladi. Bir nechta o'yinlar o'tkazamiz, jiddiy hozirlik ko'rishimiz kerak. 



- O'rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblar bosqichma-bosqich kuchayib boradimi?

- Qozog'iston, "Metallist", Moldova jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz. SHu o'yinlar orqali tayyorgarlik ko'ramiz. 

- SHahboz Beg'amovning ketishi jamoani yani kollektivni kuchsizlantirdimi? 

- Hayot shunday. O'zining qarori, biz ketkazmadik. Xayrlashdi, yomon tarafi yo'q. Bizdan yaxshiroq joy bo'lsa, o'yinchilarni ham ushlab o'tirmaymiz. 

- Jamoa o'yinlarni "Jar" stadionida o'tkazadimi?

- Maqsadimiz – AGMK maydoni chimi, projektorlarini yangilash. Rahbarimiz katta yordam beryapti, etibor qaratmoqda. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Stadionga kelgan odamlar chiroyli o'yin ko'rishni, ishdan tashqari hordiq chiqarishni istaydi. Maydonning sifati yaxshi bo'lishiga ham ko'p narsa bog'liq. Rahbarimiz shuncha ishlari bo'lsa ham futbolga etiborsiz emaslar. 

- Vitaliy Denisovning kelishi raqobatni oshirdimi?

- O'tgan yili ham aytgandim. Kimligidan qati nazar, yoshmi yoki tajribalimi, raqobat bo'lishi lozim. Tayyorgarlik, mashg'ulotlarga boshqacha yondashadi. O'sishga erishadi, nafaqat o'ziga, balki jamoaga katta foyda keltiradi. Raqobat bo'lmasa qiyin. CHunki o'tgan yili SHohruh Gadoevni Akram Komilovning poziciyasida o'ynatgandim. Jarohatlar, kartochkalar bo'lishi ehtimoli yo'q emas. SHu bois har bir poziciyada 2 tadan futbolchi bo'lishi tarafdoriman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика