So’nggi yangiliklar

07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  52 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  2 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  1 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  9 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  11 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0

Afsonalar. Xorvatiya yulduzi - Zvonimir Boban Yangiliklar

Afsonalar. Xorvatiya yulduzi - Zvonimir Boban

Bugun Braziliya - Xorvatiya bahsi bilan navbatdagi jahon chempionati start oladi.
SHu bois “Afsonalar” degan yangi rukn tashkil qildik va JCHning har bir o'yinidan oldin o'sha jamoada to'p tepgan mashhur o'yinchilarning hayotini berib boramiz. Quyida Xorvatiya futboli afsonalaridan biri Zvonimir Boban haqida to'xtalamiz.

Xorvatiya futbolining afsonaviy yulduzi Zvonimir Boban 1968 yilning 8 oktyabrida tug'ilgan. U futbolchilik faoliyatining katta qismini Italiya A seriyasi vakili “Milan” safida o'tkazgan bo'lib, “rossonerlar” tarkibida to'rt bor mamlakat chempionligi va bir marta Evropa chempionlar ligasini qo'lga kiritgan.



1998 yil Franciyada o'tkazilgan jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasi barchani hayron qoldirib uchinchi o'rinni qo'lga kiritgandi. O'shanda terma jamoa sardori Zvonimir Boban edi. Bungacha esa Boban Yugoslaviya termasi azosi bo'lib, u hatto Yugoslaviya U-20 yoshlar terma jamoasida jahon chempionatida ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritgan (1987 yil).

Boban mana shu musobaqada raqiblar darvozasiga uch bor to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan. U Yugoslaviya termasi safida etti bor maydonga tushib, bitta gol urgan. Keyinchalik Xorvatiya termasi safida 51ta o'yinda ishtirok etib, 12ta gol urishga erishgan. 2002 yil futbolchilik faoliyatini yakunlagan Boban shundan beri Xorvatiya va Italiya televideniesi uchun o'yinlarni sharhlab kelmoqda. Qolaversa, unda Zagreb universitetini tugatganligi haqida magistrlik diplomi bor. U ko'pincha futbol uchrashuvlarini SKY Italia orqali sharhlab boradi.

Zagrebda tug'ilib katta bo'lgan Boban “Dinamo” (Zagreb) futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 16 yoshga to'lgan vaqtda o'z klubi tarkibida ilk bor maydonga tushgan. “Dinamo” tarkibida olti mavsumni o'tkazgan qahramonimiz shu vaqt oralig'ida 109ta o'yinda ishtirok etib, 45ta gol urgan. Qolaversa, u 19 yoshidayoq jamoa sardori etib tayinlangan.

1990 yilning 13 may kuni o'tkazilgan “Crvena Zvezda” bilan kechgan bahsda stadionda muxlislar tomonidan g'alayon ko'tariladi. “Dinamo” fanatlari policiya tomonidan siquvga olinayotgan bir paytda Boban bunga chiday olmasdan chopib borib bir milicionerni tepib yuboradi. SHundan so'ng Bobanni bazilar yomon ko'rib qoladi va terma jamoa murabbiylari uni boshqa Yugoslaviya termasiga taklif qilishmaydi. Natijada u 1990 yil Italiyada o'tkazilgan mundialdan chetda qoladi.



1991 yil yosh yarim himoyachi 8 million evro evaziga “Milan” futbol klubiga ko'chib o'tadi. “Milan” uni qo'lga kiritishi bilanoq “Bari”ga ijaraga berib yuboradi. CHunki o'sha paytda “Milan”da legionerlar bo'yicha limit to'lib bo'lgandi. O'sha mavsum yakunlariga ko'ra “Bari” A seriyadan tushib ketadi, biroq yosh Zvonimir bu jamoada katta tajriba to'plab, bir yildan so'ng yana “Milan”ga qaytadi. Va shu qaytgani bo'yicha to'qqiz yil “Milan” sharafini himoya qildi. Bu orada u 251ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urishga erishadi. Bundan tashqari, 1994 yil chempionlar ligasida zafar quchadi.

“Milan” 2001 yilning avgustida o'z safiga portugaliyalik Rui Koshtani qo'shib olgach, Boban ketishi kerakligini anglab etadi va Ispaniyaga yo'l oladi. “Selta” bilan shartnoma imzolagan Boban Ispaniya chempionatining atigi to'rtta o'yinida maydonga tushgan. U ko'pincha zaxirada qolib ketayotganidan nolib, oxiri oktyabrda faoliyatini tugatadi.

Oradan bir yil o'tib Boban o'zining xayrlashuv uchrashuvini o'tkazadi va bunda Rivaldo, Marko van Basten, Lotar Matteus kabi futbolchilarni taklif etadi. Aytib o'tganimizdek, hozir u TVda sharhlovchilik qilyapti. Bundan tashqari, Zagrebda o'zining “Boban” nomli restoranini yurgizadi. Zvonimir Boban futbolchilik faoliyatini tugatganidan so'ng hech qachon murabbiy bo'lmayman deb vada bergandi. Darhaqiqat, u hozircha murabbiylik qilgani yo'q.

X.Xoliqov tayyorladi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика