So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Abror Ismoilov: "Neftchi" hali o'z so'zini aytadi!" Yangiliklar

Abror Ismoilov: "Neftchi" hali o'z so'zini aytadi!"

"Neftchi" jamoasi safida to'p tepgan Abror Ismoilov yangi mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasida boshlaydi.

Ismoilov yangi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. SHu fursatdan foydalanib "Neftchi" matbuot xizmati Abror Ismoilovdan qisqa fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishi so'radi.

- Ushbu mavsum yakunlari bo'yicha fikrlaringiz...

- Bu yilgi mavsumda "Neftchi" jamoasi Superligada bir-biriga o'xshamagan ikki davrani o'tkazdi deb o'ylayman. Birinchi davradagi omadsizliklardan so'ng jamoa ancha tushkunlikka tushib qolgan edi, biroq ikkinchi davradagi o'zgarishlar jamoaga juda katta yordam berdi va "Neftchi" Superligada qolish vazifasini uddalay oldi. Pro ligadan chiqqan klub elitada jon saqlab qolishi bu tabiiy hol deb o'ylayman.

- Kecha "Navbahor" sizni futbolchisi sifatida rasman elon qildi. "Navbahor"ga o'tish qanday yuz berdi?   

- Joriy mavsum yakunlangach "Neftchi" bilan shartnomam yakuniga etgan edi. Superliganing bir qator jamoalaridan takliflar tushdi. Jumladan, "Navbahor"dan ham taklif bo'ldi. To'g'risini aytsam, "Neftchi"da qolish niyatim yo'q emasdi. Lekin "Navbahor" jamoasi kelasi yili OCHLda o'ynaydi. Klub hozirgi kunda musobaqa etakchilaridan bo'lib turgani bois ushbu  jamoadagi o'yinlarim orqali terma jamoa eshiklarini qayta ochish imkoniyati paydo bo'lishini hisobga oldim va "Navbahor" bilan shartnoma imzoladim.

- "Navbahor" jamoasi bilan shartnoma imzolaganingizdan so'ng klub saytiga intervyu berdingiz. Unda "Neftchi" klubidan sizga hech kim aloqaga chiqmagani va bosh murabbiy sizga ishonmagani haqida gapirgansiz. Mazkur holatga izoh bersangiz...

- Yaxshi savol berdingiz. Intervyumdagi o'sha jumla ozgina noto'g'ri talqin qilingan ko'rinadi. Men murabbiy telefon qilmagani yoki menga ishonishmadi demagandim, klubdagi barcha futbolchilar qatori meni ham 12 dekabrda Toshkent shahridagi o'quv-yig'in mashg'ulotlariga taklif qilishdi. Lekin oilaviy sabablar bilan Moskvada bo'lib turganim bois 12 dekabr kuni mashg'ulotlarga bora olmadim. Moskvadan kelgach esa "Navbahor" jamoasidan taklif kelib tushdi. Vitaliy Levchenko oldilariga bordim va vaziyatni tushuntirdim. Vitaliy Grigorevich meni to'g'ri tushundi va kelajakdagi faoliyatimga omad tiladi. SHundan so'ng klubdagilar bilan do'stona xayrlashdik.

SHu o'rinda qo'shimcha qilib o'tishim kerak, Superliganing ikkinchi davrasida "Neftchi" bosh murabbiyiga aylangan  Vitaliy Grigorevichdan qisqa muddat ichida ko'p narsa o'rgandim. Murabbiy sifatida ham, insoniylik fazilati borasida ham  menga juda yoqdi. Qisqa qilib aytganda, Vitaliy Grigorevich o'z kasbining egasi. SHu o'rinda, "Neftchi"ning shonli o'tmishini qaytarishda, viloyat futbolini rivojlantirishda va muxlislarni futboldan quvontirib kelayotganliklari uchun viloyat hokimi Xayrullo Haitbaevich Bozorovga katta rahmat aytaman, bundan futbolga mehr bergan viloyat raxbarini ko'rmagan edim, lekin albatta kelajakda "Nefti"ga qaytishni so'rashsa, albatta qaytaman!

- Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya klublaridan ham taklif bo'lgani aytildi. SHu rostmi?

- Rossiya va boshqa davlatlardan aniq takliflar bo'ldi, lekin muzokoralar yakunlanmay qoldi.

- Mavsum davomida sizga eng yoqqan uchrashuv qaysi bo'ldi?

- Yaypanda ikkinchi davradagi "Qizilqum" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv bo'ldi, deb bemalol ayta olaman. SHu uchrashuvda avvaliga gol o'tkazib yubordik, shundan keyin penalti tepish xuquqini qo'lga kiritdik, lekin penaltidan to'p kirita olmadim, o'yin so'ngiga qadar ikki gol urib, aybimni yuvdim va jamoamiz g'alaba qozondi.

- Jamoa muxlislari uchun tialklaringiz?

- Takidlab o'tmoqchimanki, "Neftchi"ni yaxshi ko'raman. Klub meni futbolchi qilib etishtirib berdi. Bu uchun barcha murabbiylarimga rahmat aytaman. Muxlislar tanlagan yo'limni albatta negativ o'ylashlari tabiiy hol. Sababi Abror Ismoilov farg'onalik futbolchi, lekin bu – futbol. Muxlislar meni to'g'ri tushunishlarini so'ragan bo'lar edim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика