So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  36 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  172 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Abdug'afur Haydarov: "Jamoadoshlarim yordami bilan ushbu sovrinni qo'lga kiritdim" Yangiliklar

Abdug'afur Haydarov: "Jamoadoshlarim yordami bilan ushbu sovrinni qo'lga kiritdim"

Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida Superliganing eng yaxshilari taqdirlandi.

PFL ortda qolgan mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi nomini elon qildi. Unga ko'ra, "Surxon" jamoasining 19 yoshli hujumchisi Abdug'afur Haydarov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Haydarov marosimdan so'ng jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Mavsum avvalida jarohat olgandim va taxminan bir oy davomida tiklandim. O'rinbosarlar jamoasi safida gollar urganimdan so'ng meni asosiy jamoaga taklif etishdi. Murabbiylar ham ko'p ishonch bildirishdi. Jamoadoshlarim tufayli ushbu sovringa ega chiqdim" - dedi Haydarov.

- Mavsumdagi qaysi bahs siz uchun eng esda qolarlisi bo'ldi?

- "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda uchta gol urgandim va shu sababli o'sha bahsni yaxshi eslayman. 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan chog'imizda "kambek" qayd etib, g'alaba qozongandik.

- Yosh futbolchilar mana shunday etirof etilganidan keyin ko'pgina holatlarda "yulduzlik kasali"ga uchrashadi. Sizni tergab turadigan inson bormi?

- Ha. Dadam meni har doim tergab turadi. Har bir o'yindan so'ng bo'shashmasligim kerak ekanligini aytadi.

- Yosh futbolchilarning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari katta bo'ladi. Sizda ham shunday maqsad bormi?

- Ha, Evropada to'p tepish. "Real Madrid" safida.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика