A Seriya. Iyun oyining eng yaxshi o'yinchisi malum bo'ldi
13 iyu 2020 20:24
Yangiliklar


A Seriya. Iyun oyining eng yaxshi o'yinchisi malum bo'ldi
Bergamoning "Atalanta" klubi futbolchisi Alexandro Gomes Italiya chempionatining iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqida turnir matbuot xizmati malum qildi.
"Atalanta" sardori o'tgan oy davomida gol urmadi, ammo u tomonidan amalga oshirilgan 4 ta golli uzatma jamoaga "Sassuolo", "Lacio" va "Udineze"ni mag'lub qilib, turnir jadvalining 3-pog'onasiga ko'tarilib olish uchun yordam berdi.
Malumot uchun, joriy mavsum barcha turnirlarda 40 ta o'yin o'tkazgan argentinalik futbolchi 7 gol, 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
15:39
"Nasaf" alamli tarzda mag'lubiyatga uchragan muhtasham "Qirol Abdulloh" stadionidan GALEREYA 12
07:55
"Al Ahli" bosh murabbiyi: Birinchi bo'limda yaxshi o'ynashimizga to'sqinlik qilgan sabablar ko'p" 16

Fikrlar