A Seriya: Afsonaviy Inzagi jamoasi Ronalduga qarshi saf tortadi va kunning boshqa to'qnashuvlari haqida
26 sen 2018 14:53
Yangiliklar
A Seriya: Afsonaviy Inzagi jamoasi Ronalduga qarshi saf tortadi va kunning boshqa to'qnashuvlari haqida
"Fiorentina" "Inter" mehmoniga aylangan uchrashuvda mezbonlar futbolchilari o'z nomlarini uch marotaba tabloga yozdirib qo'yishdi. Avvaliga Mauro Ikardi 11 metrlik "nuqta"dan hisobni ochgan bo'lsa, keyinroq SHkrinyar o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yib muvozanatni tiklanishiga sababchi bo'ldi. O'yin tugashiga yaqin esa Ikardining to'p uzatmasidan so'ng D`Ambrozio o'yin taqdirini hal etgan gol muallifiga aylandi. Natijada turning markaziy bellashuvida "Inter" turnir jadvalida taqib etayotgan "Fiorentina"ni ochkolar soni bo'yicha quvib etdi.
Inter Mauro Icardi - 45', Danilo D'Ambrosio - 77' |
Serie A . 6-tur 26/09/2018, 00:00 1
:
2
Tugadi
|
Fiorentina Milan Skriniar - 53' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 55840 tomoshabin
Bosh hakam: Paolo Silvio Mazzoleni
Qayd etish kerakki, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Stefano Pioli jamoasi uchun bu mag'lubiyat mavsumdagi ikkinchisi bo'ldi. Ayni paytda jamoalar 10 ochkodan to'plagan holda turnir jadvalida mos ravishda 4-5 o'rinlarni bo'lishib turishibdi.
Italiya chempionatining 6-turidan o'rin olgan qolgan ettita o'yin bugun va ikkita bellashuv ertaga o'tkaziladi.
Bugun bo'lib o'tadigan matchlar orasida eng etiborga molik o'yin Neapol va Turinda o'tadi. Oxirgi o'yinlarda muvaffaqiyat qozonayotgan va o'yin borasida ham ko'pchilikda ilik taassurot qoldirayotgan "Parma" Anchelotti boshqaruvidagi "Napoli" bilan kuch sinashadi.
SSC Napoli Lorenzo Insigne - 4', Arkadiusz Milik - 47', Arkadiusz Milik - 85' |
Serie A . 6-tur 27/09/2018, 00:00 0
:
3
Tugadi
|
Parma Calcio 1913 |
Stadion: San Paolo, 29334 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Doveri
Filippo Inzagi qo'l ostida o'tgan turda sensaciya qayd etgan "Bolonya" esa Turinda "Yuventus" mehmoni bo'ladi. O'tgan hafta "Roma"ni mag'lub etgan "Bolonya" ayni paytda alo kayfiyatda. Jamoa ruhiy taraflama ancha o'ziga ishonch paydo qilgan. "Yuventus" esa ketma-ket ikkita bahsda Ronalduning gollari evaziga g'alabalarni tantana qildi. Mazkur bahsda ham garchi tig'iz taqvim bo'lishiga qaramasdan Ronaldu o'ynashini Allegri elon qildi. Demak Filippo Inzagi ham Krishtianuni zararsizlantirish rejasini alohida ishlab chiqishiga to'g'ri keladi. "Bolonya" oxirgi marta Turindan bundan 7 yil avval, aniqrog'i 2011 yilgi mavsumda ochko olib ketishni uddasidan chiqqan. Inzagi katta ehtimol bugun bu ishni takrorlashga umid qilmoqda. Ammo buni uddalash oson bo'lmasligi aniq.
Juventus Paulo Dybala - 12', Blaise Matuidi - 16' |
Serie A . 6-tur 27/09/2018, 00:00 0
:
2
Tugadi
|
Bologna |
Stadion: Allianz Stadium, 38472 tomoshabin
Bosh hakam: Maurizio Mariani
Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan "qo'shnilar" to'qnashuvi — "Udineze" - "Lacio" bahsi ham qiziqarli o'tishiga shubha yo'q. "Udineze"ning "Lacio" bilan o'zaro alohida hisob-kitobi mavjud. CHunki jamoa 2013 yildan buyon o'z maydonida "Lacio" qarshiligini engishda muammolarga duch kelmoqda. Davom etayotgan 5 yillik noxush seriyaga chek qo'yish uchun ham bugun Xulio Velazkez shogirdlari o'zgacha yondoshuv bilan maydonga tushishadi. Simone Inzagi jamoasi esa raqiblarini turnir jadvalida o'zlaridan uzib ketishlariga yo'l qo'ymaslik uchun ham g'alaba uchun kurashishlari tabiiy.
Udinese Milan Badelj - 80' |
Serie A . 6-tur 26/09/2018, 22:00 2
:
1
Tugadi
|
Lazio Francesco Acerbi - 61', Joaquin Correa - 66' |
Stadion: Stadio Friuli, 19455 tomoshabin
Bosh hakam: Fabio Maresca
Di Franchesko qo'l ostida muvaffaqiyatsiz mavsumni boshlagan "Roma" debyutant "Frozinone"ni qabul qiladi. A Seriyaning beshinchi turidan so'ng 5 ochkodan to'plagan jamoalar bahsida "Atalanta" va "Torino" o'zaro kurash olib borishadi.
Roma Cengiz Under - 2', Javier Pastore - 28', Stephan El Shaarawy - 35', Aleksandar Kolarov - 87' |
Serie A . 6-tur 27/09/2018, 00:00 0
:
4
Tugadi
|
Frosinone |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 34380 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Di Bello
SHuningdek, bugun yana "Jenoa" - "Kevo" va "Kalyari" - "Sampdoriya" uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Genoa Krzysztof Piatek - 42', Goran Pandev - 54' |
Serie A . 6-tur 27/09/2018, 00:00 0
:
2
Tugadi
|
Chievo Verona |
Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 18969 tomoshabin
Bosh hakam: Fabrizio Pasqua
Cagliari |
Serie A . 6-tur 27/09/2018, 00:00 0
:
0
Tugadi
|
Sampdoria |
Stadion: Sardegna Arena, 14038 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Rocchi
Kutilmaganda turnir jadvalining yuqori qismidan o'rin olib turgan SPAL va "Sassuolo" jamoalarining o'zaro to'qnashuvi ham katta qiziqish uyg'otmoqda. O'tgan mavsum katta qiyinchiliklar evaziga A Seriyada qolgan SPAL kutilmaganda startni juda yaxshi boshladi. "Sassuolo" ham istalgan jamoaga kutilganidan ham ko'proq bosh og'riq tug'dirmoqda. O'tgan mavsumdagi mazkur jamoalarning o'zaro o'yinlarida dastlab "Sassuolo" mehmonda g'alabani rasmiylashtirgandi. Keyinchalik o'z uyidagi bahsda esa durang qayd etilgandi.
Ertaga jamoalar qanday to'xtamga kelishlarini o'yin ko'rsatib beradi. O'tgan mavsum bilan bu yilgi o'yin o'rtasidagi asosiy farq shundaki, jamoalar o'tgan yili autsayder maqomida to'qnashishgan bo'lsa, ertaga etakchi sifatida bu o'yinda maydonga tushishadi.
SPAL |
Serie A . 6-tur 27/09/2018, 22:00 2
:
0
Tugadi
|
Sassuolo Claud Adjapong - 59', Alessandro Matri - 90' |
Stadion: Stadio Paolo Mazza, 13945 tomoshabin
Bosh hakam: Eugenio Abbattista
Turning so'nggi bellashuvi "Empoli" - "Milan" o'rtasida kechadi.
Empoli Francesco Caputo - 71' |
Serie A . 6-tur 28/09/2018, 00:00 1
:
1
Tugadi
|
AC Milan Leonardo Capezzi - 10' |
Stadion: Stadio Carlo Castellani, 13890 tomoshabin
Bosh hakam: Michael Fabbri
Fikrlar