Luis Suares Liga kubogi finalida raqibiga tupurgani uchun MLSda uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
09 sen 10:05
Yangiliklar


Luis Suares Liga kubogi finalida raqibiga tupurgani uchun MLSda uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
MLS hujumchiga yana bir jazo berdi.
“Inter Mayami” hujumchisi Luis Suares jamoasi 3:0 hisobida mag'lub bo'lgan Liga kubogi final o'yinidan so'ng "Sietl Saunders" xodimiga tupurgani uchun MLSning uchta o'yiniga diskvalifikaciya qilindi, deb xabar berdi MLS rasmiy sayti. "Barselona"ning sobiq futbolchisi avvalroq Liga kubogi doirasidagi oltita o'yinga diskvalifikaciya qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, "Inter Mayami" - "Sietl Saunders" uchrashuvi yakunlangandan so'ng, maydonga yugurib chiqqan har ikki jamoa futbolchilari va murabbiylari va xodimlari o'rtasida maydonda ommaviy mushtlashuv kelib chiqqan edi. O'sha paytda 38 yoshli Suares Sietl xodimlaridan biri bilan og'zaki janjaldan so'ng uning yuziga tupurdi. Keyinroq futbolchi qilmishi uchun uzr so'ragandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar