UEFA 11 sentyabr kuni "Vilyarreal" – "Barselona" o'yini qaerda o'tishi haqida qaror qabul qiladi
06 sen 20:00
Yangiliklar
UEFA 11 sentyabr kuni "Vilyarreal" – "Barselona" o'yini qaerda o'tishi haqida qaror qabul qiladi
UEFA tez orada La Liga 17-turidan o'rin olgan "Vilyarreal" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinni kelasi hafta Mayamida (AQSH) o'tkazish masalasidagi qarorini elon qiladi.
Bu haqda "Marca" malum qildi.
Manbaga ko'ra, mazkur masala tashkilot ijroiya qo'mitasining 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishida ko'rib chiqiladi.
Avvalroq UEFA prezidenti Aleksander Cheferin o'yinni boshqa davlatda o'tkazishga qarshi chiqqandi. Uning takidlashicha, barcha milliy chempionat o'yinlari o'z mamlakatlarida o'tkazilishi kerak.
"Vilyarreal" – "Barselona" bahsi 2025 yilning 21 dekabriga belgilangan. U Mayamidagi "Xard Rok" stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq kataloniyaliklar Mayamida tashkil etiladigan "Vilyarreal"ga qarshi o'yin ortidan 5 mln evro ishlab olishi malum qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar