So’nggi yangiliklar

17:46Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм". Таркиблар маълум  0 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  2 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  9 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  6 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14

6 yil avval Garet Beyl "Barselona"ga o'sha mashhur golni urgandi: Tezligini 35 km/soatga etkazib, Bartradan qochib ketgan edi Yangiliklar

6 yil avval Garet Beyl "Barselona"ga o'sha mashhur golni urgandi: Tezligini 35 km/soatga etkazib, Bartradan qochib ketgan edi

Ha, o'sha Ispaniya Kubogi finali.

Garet Beyl faoliyati davomida ko'plab chiroyli gollar urgan, ammo ular orasidag eng mashhuri - 2014 yil Ispaniya Kubogi finalida "Barselona" darvozasiga urilgani.


O'yin oxirlarida hisob 1:1 edi, "Barsa" Di Mariyaning birinchi bo'limda urgan goliga 68-daqiqada Mark Bartraning zarbasi bilan javob qaytargandi.

Asosiy vaqt yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Fabiu Koentrau to'pni Garet Beylga uzatdi. Garet uni o'ziga to'g'irlab, to'pni oldinga tashladi va aut chizig'i bo'ylab yugurdi. Mark Bartra ortda qolganidan so'ng Xose Pinto darvozasini ishg'ol qilish kerak edi va 100 mln. evroga xarid qilingan futbolchi vazifani uddaladi.


2:1, Ispaniya Kubogi Madridga ketdi.


"Ha, "Barselona" darvozasiga urgan golim faoliyatimdagi eng muhimi bo'lsa kerak" - degandi Beyl o'yindan keyin.


O'sha onda uelslikning tezligi - 34,7 km/soat bo'lgan. Garet umumiy hisobda 7,04 soniya ichida 59,1 metrni bosib o'tdi. Futbolchi buning uchun 85-daqiqada 30ta yirik qadam tashlashiga to'g'ri keldi.


"Beylning goli hayratlanarli! Bunaqasini oldin ko'rmaganman. To'p maydondan chiqib ketdi deb o'ylagandim, Garet esa chiziq tashqarisida yugurdi... Dahshat!" - degandi Xabi Alonso.


Aynan o'shanda ko'pchilik 100 mln. evro bekor ketmagani haqida gapirishgan. Bir oydan so'ng u boshqa finalda gol urdi. Uning bosh bilan bergan zarbasi "Real"ga CHempionlar ligasining 10-sovrinini taqdim etdi.


Bu gol Mark Bartra uchun shaxsiy tragediya

Epizodning boshqa muhim qahramoni - "Real" hujumchisiga eta olmagan himoyachi Mark Bartra.


Mark Jerar Pike jarohati tufayli tarkibga kirgandi. Biroq yosh himoyachining o'zi ham finalgacha bir hafta davomida jarohatini davolagan edi.


"15 daqiqa ichida qahramondan axlatga aylandim. O'sha uchrashuvda gol urgandim va bu bahs faoliyatimdagi eng yaxshilaridan biri bo'ladi deb o'ylagandim. Beyldan bunday zarba qabul qilish og'ir. U juda tez edi" - degandi Bartra 2020 yil Iker Kasilyas bilan suhbatda.


22 yoshli himoyachini jamoadoshlari va hatto hakam ovutishga urindi: Antonio Mateu Laos futbolchi oldiga kelib, xafa bo'lmasligini aytdi. Ammo Mark uchun yana bir qayg'uli jihat bor edi - tribunada o'tirgan Visente del Boske JCH-2014 uchun futbolchilarni kuzatayotgandi.

"Menga o'yinga Del Boske kelganini aytishdi. Bu jiddiy zarba bo'ldi. Beyl men bilan qilgan ishidan so'ng, terma jamoada o'ynash orzuim tugaganini tushundim". Bartra haqiqatdan ham munidalga bormagan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика