So’nggi yangiliklar

15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  0 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  0 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  6 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  9 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  3 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   5

43 yoshigacha to'p tepgan, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Pavel Bugalo 46 yoshda! Yangiliklar

43 yoshigacha to'p tepgan, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Pavel Bugalo 46 yoshda!

Teglar :  AGMKPavel Bugalo
Tavallud ayyomini nishonlayotgan futbol ahlini hayotlaridagi unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun o'zbek futboli tarixida yorqin iz qoldira olgan, bir nechta rekordlar sohibi, 43 yoshigacha to'p tepgan tajribali darvozabon Pavel Bugalo tavallud topgan kun. Pavel Viktorovich bugun 46 yoshga to'ldi. 


Etiborlisi, Bugalo tug'ilgan kuni ham yashil maydonda! Bundan bir necha daqiqa avval "Oq-Tepa" va AGMK jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston kubogining chorak final uchrashuvi yakunlandi. Ettita gol kiritilgan uchrashuvda 4:3 hisobida g'alaba qozongan olmaliqliklar yarim finalga yo'l olishdi va bu bilan KUBOK himoyasini davom ettirishdi. Bu o'yinning Pashaga nima aloqasi bor, dedingiz-a? Bugalo bugungi kunda aynan AGMK jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlayapti. Mirjalol Qosimov bir paytlar bir necha yil terma jamoa tarkibida birga o'ynagan Bugaloga murabbiylar shtabida ishonch bildirdi.  


Mirjalol Qosimov, AGMK bosh murabbiyi

"Pasha bilan ko'p yil birga o'ynadik va bugungi kunda ham bir jamoadamiz. U haqda ko'p gapirish mumkin. Futbolga mehri sabab 43 yoshigacha maydonda to'p tepdi. Hayotda ham ajoyib inson. Tabiatan ancha bosiq, kamtar va kamgap. Ishonchim komil, undan yaxshi murabbiy etishib chiqadi. O'zi singari mashhur, sovrindor darvozabonlarni terma jamoalarimizga tayyorlab beradi. Fursatdan foydalanib, Pavel Bugaloni bugungi tug'ilgan kuni bilan jamoamiz nomidan tabriklayman. Bugungi g'alabamizni unga bag'ishlaymiz".


 

Pavel Bugalo haqida ko'p va xo'p gapirish mumkin. Haqiqatan ham, ism-sharifi katta xarflar bilan yoziladigan darvozabonimiz bir futbolchi erishishi mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlar sohibidir. U professional futbolchilik faoliyatini 1991 yili "CHirchiq" jamoasida boshlagan. Keyinchalik "Paxtakor", "Alaniya" (Rossiya), "Jenis", "Jetisu", "Ordabasi" (uchchalasi Qozog'iston), "Bunyodkor", "Andijon", "Lokomotiv" klublari sharafini himoya qildi. Bugalo 1992 yili ilk marotaba o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida ishtirok etib, 2017 yilgacha oliy ligada to'p tepgan yagona futbolchi hisoblanadi. 


U shuningdek, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi (1996, 1997) deb topilgan yagona darvozabon hamdir. Pavel "Paxtakor" (1992, 1998) va "Bunyodkor" (2008) jamoalari tarkibida uch karra O'zbekiston chempioni bo'lgan. 1993 va 1997 yillarda "Paxtakor", 2008 yili esa "Bunyodkor" safida O'zbekiston kubogiga ega chiqqan. 2002 yilda "Jenis" klubi bilan birga Qozog'iston kubogi sohibi ham bo'lgan. 1995-2007 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 

O'ylaymizki, Pavel Bugaloning murabbiylikdagi faoliyati ham yorqin davom etadi. Bundan keyin ham yangidan-yangi darvozabonlarni etishib chiqishida uning boy tajribasi asqotishiga shubha yo'q. Bugun 46 yoshni qarshi olgan Pavel Bugaloni AGMK rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari, barcha xodimlari, saytimiz ijodkorlari va muxlislar nomidan qizg'in muborakbod etamiz. Unga oilaviy tinchlik, sog'liq, baxt-saodat tilaymiz.


Video. O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan yagona darvozabon Pavel Bugalo bilan suhbat         

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика