So’nggi yangiliklar

09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  1 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  4 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  1 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  19 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  7 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  8

Bu qiziq. "Eng yaxshi futbolchi" bo'lish uchun nomzodlar orasida 16 yildan so'ng yana darvozabon o'rin oldi Yangiliklar

Bu qiziq. "Eng yaxshi futbolchi" bo'lish uchun nomzodlar orasida 16 yildan so'ng yana darvozabon o'rin oldi

Bir necha soat oldin O'FA matbuot xizmati yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun yakuniy 3 nafar nomzodni elon qildi.

Nomzodlar orasida O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupov ham o'rin oldi. Odatda darvozabonlarning eng yaxshi futbolchi nominaciyasida bo'lishi juda kam kuzatiladigan holat hisoblanadi. So'nggi bor 2008 yil Ignatiy Nesterov bu borada imkoniyatga ega bo'lgan, yakunda sovringa Server Jeparov ega chiqqan. Kiper uchinchi bo'lgan. 

Pavel Bugalo yilning yaxshi futbolchisi bo'lgan yagona darvozabon bo'lib turibdi. Taniqli sobiq posbon 1996-1997 yil "Paxtakor" safida mazkur sovringa loyiq ko'rilgan. Nomzodlar qatoriga kiritilgan ilk posbon Yuriy SHeykin hisoblanadi. 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi shu mavsumda Nesterov singari uchinchi pog'onadan joy olgan. 


1994 yil. Yuriy SHeykin ("Traktor") 3-o'rin

1996 yil. Pavel Bugalo ("Paxtakor") 1-o'rin

1997 yil. Pavel Bugalo ("Paxtakor") 1-o'rin

2008 yil. Ignatiy Nesterov ("Paxtakor") 3-o'rin


Qiziq faktlar:

— Aleksandr Geynrix bu sovrinni yutgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. Sasha 2002 yil 18 yoshida eng yaxshi futbolchi sifatida elon qilingan. 

— 1992 yildan beri o'tkazib kelinayotgan sovrinning ilk egasi Valeriy Kechinovdir (1992, "Paxtakor")

— Odil Ahmedov bu borada yaqqol rekordchi. O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi 6 marotaba mamlakatimizda tengsiz deb topilgan. 

— Sovrinni yutgan eng yoshi katta futbolchi Mirjalol Qosimov 34 yosh.

— Eng yaxshi futbolchi sifatida shu kungacha faqat 3 nafar xorijlik futbolchi nomzodlar qatoriga kirgan. Muhsin Muhammadiev (Tojikiston 2000), Gochguli Gochguliev (Turkmaniston 2002), Rivaldo (Braziliya 2009)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика