So’nggi yangiliklar

00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3

Pavel Solomin: "Eron bilan o'yinda "oltin" ochkoni qo'ldan boy bermaslik kerak" Yangiliklar

Pavel Solomin: "Eron bilan o'yinda "oltin" ochkoni qo'ldan boy bermaslik kerak"

O'zbekiston uchun JCH-2026 saralash bosqichidagi har bir o'yin oxirgisi final maqomiga tenglashib bo'ldi.

Ertaga "oq bo'rilar" mehmonda Eron bilan kuch sinashadi. Mazkur o'yindagi g'alaba bizni mundial sari juda va juda yaqinlashtiradi. Bu bahs oldidan terma jamoa sobiq futbolchisi Pavel Solomin fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"O'zbekiston terma jamoasina butun vujudimiz, qalbimiz bilan muxlislik qilamiz. Tabiiyki, Eron bilan o'yinni katta intiqlik bilan kutmoqdamiz. Tom manoda Jahon chempionatiga chiqishga bir qadam qoldi. 

Ishonchim komilki, imkoniyatlarimiz juda yaxshi holatda. Eron bilan o'yinda bundan foydalanishimiz va "oltin" ochkoni qo'lga kiritishimiz kerak. To'g'ri, oson bo'lmaydi. Raqib yaxshi jamoa, boz ustiga uyda o'ynaydi. Lekin terma jamoamizda mahoratli va malakali ijrochilar jamlangan. Ijobiy natija uchun bor kuchimizni ishga solishimiz lozim. 

Qirg'iziston bilan o'yinda mahoratimiz yaqqol bilindi, barcha jabhalarda ustun bo'ldik. Jamoamiz bundan ham yaxshiroq o'yin ko'rsatishini va muddatidan avval Jahon chempionatiga chiqishini tilab qolaman", – deydi Pavel Solomin. 

Malumot uchun, Solomin O'zbekiston MTJ libosida 2006-2008 yillar oralig'ida 15 ta o'yinda maydonga tushgan va 2 ta gol urgan. Forslar bilan uchrashuv esa ertaga 21:00 da start oladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика