So’nggi yangiliklar

20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  0 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  0 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  19 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  1 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  5 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  45 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0

Rahimov, Inileev, Jeparov, Ermatovlar safiga Fayzullaev ham qo'shildi. OFK O'zbekistondan yana kimlarni etirof etgan edi? Yangiliklar

Rahimov, Inileev, Jeparov, Ermatovlar safiga Fayzullaev ham qo'shildi. OFK O'zbekistondan yana kimlarni etirof etgan edi?

OFK har yil yakunida turli nominaciyalarda "Eng yaxshilarini" taqdirlashni odat tusiga aylantirgan. Kecha bu marosimning joriy yilga bag'ishlangan taqdirlash kechasi bo'lib o'tdi.

2023 yilda O'zbekiston futbol associaciyasi yilning "Eng yaxshi federaciyasi" "Platinum" yo'nalishida Osiyoda tengsiz, deb etirof etilgan bo'lsa, bu yil Abbos Fayzullaev qitaning "Eng yaxshi yosh futbolchisi" deb topildi. Bir necha yillar oldin ham o'zbekistonlik murabbiylar, futbolchilar, hakamlar ham qitaning eng yaxshilari qatoridan o'rin olgandi. Bugun ularni birin-ketin yodga olishni lozim topdik. 

 
OFK 1997-2000 yilgi mavsumlarning so'nggida yil ramziy terma jamoasini elon qilib bordi. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining chap qanot himoyachisi Nikolay SHirshov 1998 yil qita ramziy jamoasiga kiritildi. Uning ajoyib o'yinlarini muxlislar hamon sog'inishlari aniq. Tezkor va chaqqon harakatlari bilan raqib jarima maydonchasiga yorib kirish qobiliyatiga, ajoyib zarbalariga ega futbolchi mustaqil O'zbekiston tarixida OFK etiboriga tushgan ilk futbolchi bo'lgan.


1999 yil futbolimiz uchun nihoyatda omadli yillardan biri sifatida tilga olinadi. Termamiz Osiyo kubogining BAAda o'tgan saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib, musobaqaning final bosqichiga yo'llanma olgandi. Hal qiluvchi uchrashuvda esa Maksim SHackix mezbonlar darvozasini ishg'ol qilib, O'zbekistonga g'alaba olib kelgan.

O'sha mavsum yakunlariga ko'ra saralash bosqichida jamoamizga ustozlik qilgan Mahmud Rahimov Osiyoning “Eng yaxshi murabbiyi”, deb topilgan edi. Ammo, mutaxassis ushbu yilning dekabr oyida avtohalokat sabab vafot etadi. O'zbekistonda ikki bor yil futbolchisi bo'lgan darvozabon Pavel Bugalo esa 1999 yilning ramziy jamoasidan o'rin egallagandi.



2002 yil OFK “Paxtakor”ni qitaning "Eng yaxshi klubi" sifatida tan oldi. O'sha yili OFK qitaning klublar o'rtasidagi musobaqasi “Osiyo chempionlar kubogi” nomini “Osiyo chempionlar ligasi”ga o'zgartirishdi. O'zbekiston vice-chempioni yangi nom ostidagi turnirga pley-off bosqichidan qo'shildi. "SHerlar" saralashda Iordaniyaning “Al Vihdat”, Qatarning “Al Ittihod” va BAAning “Al Ahli” klublarini mag'lub etgan holda guruh bosqichiga yo'llanma olgan va keyinchalik yarim finalga qadar etib borgan. Musobaqada ajoyib o'yinlar namoyish etgani uchun "Paxtakor" mazkur sovringa loyiq ko'rilgan edi.


2007 yili OFK milliy jamoamiz ustozi Rauf Inileevni Osiyoning "Eng yaxshi murabbiyi", deb topiladi. Nima uchun aynan Inileev munosib topildi? Terma jamoamiz to'rt mamlakatda o'tkazilgan Osiyo kubogida mazmunli o'yin namoyish qildi. Musobaqa davomida Eron, Xitoy, Saudiya Arabistoni kabi kuchli termalarga munosib kurash taqdim qila oldi. Saudiya Arabistonidan chorak finalda uchralgan alamli mag'lubiyatga qaramay, qita birinchiligidagi o'yinimiz ko'pchilikka manzur kelgan.


2008 yil tarixda ilk marta o'zbekistonlik referi OFKning etirofiga sazovor bo'ldi. Ravshan Ermatov "Eng yaxshi hakam nominaciyasida" g'olib chiqdi. O'sha yili u Yaponiya mezbonlik qilgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ko'pgina xorijlik mashhur referilar bilan bir qatorda faoliyat olib bordi. Dastlab “Al Ahli” (Misr) va “Pachuka” (Meksika) ishtirokidagi chorak final bahsiga bosh hakam etib tayinlandi. So'ng LDU (Ekvador) va “Manchester Yunayted” o'rtasidagi hal qiluvchi final uchrashuvni boshqardi. Ermatovning Nemanya Vidichga ko'rsatgan qizil kartochkasi yodingizda bo'lsa kerak. Keyingi yili ham tajribali referimiz yana bir bor qitada tengsiz, deb topildi.

2010 yil to'rt yillikning nufuzli musobaqasi bo'lmish jahon chempionatida qatnashish baxti Ravshan Ermatov ilk bor nasib etdi. FIFA hakamlar qo'mitasi vakillari mundialning ochilish uchrashuvini hamyurtimizga ishonib topshirdi. Ermatov esa JAR va Meksika o'rtasidagi bellashuvda hayajonsiz, xotirjam va barcha qoidalarga amal qilgan holda alo bahoga ishladi. SHundan so'ng, u Argentina – Greciya, Angliya - Jazoir, Germaniya – Argentina, Niderlandiya – Urugvay bahslarida ham hakamlik qildi. Qilgan mehnatlari uchun u yil so'nggida qatorasiga uchinchi marotabi Osiyoning “Eng yaxshi hakami” nomini ko'lga kiritdi va o'ziga xos xet-trik qayd etdi.


2011 yili esa Ermatov "poker"ga erishdi, u yana qitada tengsiz! U Qatardagi Osiyo kubogida bir qator masuliyatli o'yinlarda jamoalarni hakam sifatida maydonga boshlab tushdi. Avstraliya – Yaponiya o'rtasidagi finalni boshqarish cheki ham Ermatovning zimmasiga tushgan edi. U buni yuqori darajada uddalagani hech kimga sir emas.

2014 yil Braziliyadagi JCHda yurtimiz va qitamiz sharafini munosib himoya qilgan Ravshan Ermatov umumiy hisobda beshinchi bor "Eng yaxshi hakam" sovriniga sazovor bo'ldi. Tajribali hakam SHvecariya – Ekvador, AQSH – Germaniya, Xorvatiya – Meksika, Niderlandiya – Kosta-Rika o'yinlarini mahorat bilan boshqardi.


Futbolchilarimizdan Server Jeparov 2008 va 2011 yillarda Osiyoning "Eng yaxshi futbolchisiga" aylandi. 2008 yil “Bunyodkor” jamoasi chorlovini qabul qilgan futbolchi debyut mavsumdayoq ichki chempionatdagi barcha sovrinlarga ega chiqdi. OCHL yarim finaliga qadar etib bordi. 19ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchilardan bo'ldi. 2011 yilda terma jamoamiz bilan Osiyo kubogi yarim finaliga qadar etib bordi.


2011 va 2012 yillarda o'zbekistonlik laynsmen Abduhamidullo Rasulov qitaning "Eng yaxshi qanot hakami", sifatida etirof qilingan. Xuddi shu yili O'zbekiston futbol associaciyasi OFK tomonidan “feyr pley” mukofoti bilan taqdirlangandi. Mazkur yilda klublarimiz va terma jamoalarimiz xalqaro maydonlarda tartibli va chiroyli o'yin namoyish qilishganini takidlash joiz. Darvoqe, FIFA ham 2012 yilda O'zbekiston futbol federaciyasiga halol o'yin sovrinini topshirgandi. Tashkilot U-20 ayollar o'rtasidagi mundial mezbonligini bizga topshirib keyinchalik qaytarib olgandi.


Ravshan Haydarov murabbiyligidagi yoshlar terma jamoamiz 2015 yil Yangi Zellandiya mezbonlik qilgan kichik jahon chempionatida kuchli sakkizlikka kirishga muvaffaq bo'lishdi. Guruhdan mo'jiza sabab uch ochko bilan chiqqan yoshlarimiz, nimchorak finalda Evropa vakili Avstriyani musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Doston Hamdamovning ikki goli Avstriya ustidan g'alaba keltirgan. CHorak finalda Senegaldan engilgan bo'lsakda, futbolchilarimiz qita va yurtimiz nomidan munosib ishtirok etgandi. OFK esa yil ohirida "Eng yaxshi yosh futbolchi" sifatida birvarakayiga Eldor SHomurodov, Zabihillo O'rinboev, Doston Hamdamovni nomzod siftida ko'rsatdi. Ular ichidan sovrini Hamdamovga nasib qildi.


2017 yilda yana bir hakamimiz Bahtiyor Namozov Osiyoning “Eng yaxshi hakami” bo'ldi. O'sha yilda Bagam orollarida bo'lib o'tgan sohil futboli bo'yicha Jahon chempionatida Braziliya – Taiti o'yinini boshqardi. Bunga qadar o'zbekistonlik referi bir qator xalqaro musobaqalarda ishlagandi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика