2006 yilda tug'ilgan futbolchi "Lokomotiv" bilan professional shartnomasini imzoladi
19 jan 2023 19:41
Yangiliklar
2006 yilda tug'ilgan futbolchi "Lokomotiv" bilan professional shartnomasini imzoladi
2006 yilda tug'ilgan yosh futbolchi Lazizbek Mirzaev "Lokomotiv" bilan professional shartnoma imzoladi.
"Futbolchi o'tgan mavsum "Metallurg"ga qarshi bahsda Coca Cola Superligada debyutini amalga oshirgandi. U-21 chempionatida esa 5 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi.
Lazizbek Mirzaev "Odil Ahmedov futbol akademiyasi"dan jamoamiz safiga kelib qo'shilgandi. SHu boisdan akademiya rahbariyatiga o'zbek futboli rivoji yo'lida xormay-tolmay mehnat qilaverishlarini tilab qolamiz!
Barcha futbol muxlislarining yoqimtoyiga aylangan O'zbekiston o'smirlar termasi sardori Lazizbekka jamoamiz tarkibidagi faoliyatida ulkan yutuqlar tilab qolamiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar