18+. Mbappe Avstriyaga qarshi bahsda burnini sindirib oldi va keyinroq sariq kartochka bilan jazolandi
18 iyu 02:11
Yangiliklar
18+. Mbappe Avstriyaga qarshi bahsda burnini sindirib oldi va keyinroq sariq kartochka bilan jazolandi
Kilian Mbappe Evro-2024 o'yinida burnini sindirib oldi.
Fraciya terma jamoasi Evro-2024 guruh bosqichi birinchi turida Avstriyani 1:0 hisobida taslim qildi.
Franciyaliklar hujumchisi ikkinchi bo'lim oxirida jarohat oldi - u Antuan Grizmanning uzatmasidan so'ng to'pga boshi bilan zarba berdi va raqib futbolchisi Kevin Danzoning elkasiga burnini urib oldi.
Kilian maydonni shifokorlar yordamida tark etdi, ammo hakam ruxsatisiz maydonga qaytdi va o'tirib oldi. Uchrashuv bosh hakami Xesus Xil Mansano bu ishi uchun Mbappega sariq kartochka ko'rsatdi.
Suratlarga etibor berib qarasangiz Mbappening burni singanini payqash mumkin. U qancha muddatga safdan chiqqani malum emas.
Fikrlar