13 ta sariq kartochka ko'rsatilgan javob o'yinida "Tobol" "Zrinski" bilan durang o'ynadi va evrokubok bilan xayrlashdi, Sergeev 2-taymda maydonga tushdi
11 avg 2022 21:15
Yangiliklar
13 ta sariq kartochka ko'rsatilgan javob o'yinida "Tobol" "Zrinski" bilan durang o'ynadi va evrokubok bilan xayrlashdi, Sergeev 2-taymda maydonga tushdi
Mehmonlar dastlabki daqiqalardanoq bir nechta hujumlar uyushtirib, Mario CHujening goli evaziga tanaffusga g'olib holda chiqib ketishdi. Ikkinchi taymda Zoran Toshich o'zini ko'rsatib, sherigi Serj Debleni birga-bir holatga olib chiqdi va natijada hisob tenglashdi – 1:1.
SHunday qilib, hisob bahs oxirigacha o'zgarmadi va "Tobol" evrokuboklardan chetda qoldi.
Hamyurtimiz Igor Sergeev 62-daqiqada Vukadinovich o'rniga maydonga tushdi.
"Tobol" – "Zrinski" 1:1
Kostanay. "Markaziy" stadioni
Gollar: Deble 53' – CHuje 34'
"Tobol": Mokin, Kairov, Marochkin (Jaksilikov, 82), Maliy, Amanovich, Jarinbetov (Mujikov, 46), Yovanchich, Tagibergen (Osuchukvu, 62), Toshich, Deble (Akmurzin, 82), Vukadinovich (Sergeev, 62)
"Zrinski": CHondrich, Tichinovich (Suchich, 90+1), Magdich, Barishich, Savich, Maglica (Senich, 64), Yukich (Malekinushich, 64), Yankovich, Ilinkovich (Kamenar, 71), CHuje (Stranput, 64), Bilbia.
Ogohlantirishlar: Toshich (6), Savich (36), Marochkin (37), Deble (49), Yukich (50), CHuje (57), Maliy (58), Malekinushich (66), Yovanchich (90), Jaksilikov (90), Suchich (90+2), CHondrich (90+6), Kairov (90+7)
Birinchi o'yin: 0:1

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar