Insayd tasdiqlandi: Igor Golban endi "Andijon"da!
04 dek 19:27
Yangiliklar
Insayd tasdiqlandi: Igor Golban endi "Andijon"da!
"Bu yilgi chempionatni “Nasaf” safida yakunlagan tajribali himoyachi Igor Golban 2026 yilgi mavsumda "Andijon" sharafini himoya qiladi.
Tajribali himoyachi 1990 yilning 31 iyul kuni Rossiyaning Sochi shahrida tug'ilgan. Faoliyatini tabiiyki Rossiya chempionatida boshlagan. Jumladan, "Jemchujina", "Sochi", "Lokomotiv", "Shinnik", "Ximki", Chexiyaning "Sigma" jamoalarida o'ynagan. 2015 yilda O'zbekistonga kelgan. Shu vaqt davomida yurtimizda "Qo'qon-1912", "Navbahor" va "Nasaf" jamoalarida to'p tepgan.

O'tgan yili mamlakat chempioniga aylangan va ikki marta Superkubokni ham qo'lga kiritgan.
Golban faoliyati mobaynida umumiy hisobda 420 o'yinda maydonga tushgan va 27 ta gol urib, 8 ta golli pas bergan.
Avvalroq tajribali futbolchi faoliyatini "Andijon"da davom ettirishini malum qilgan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради
Fikrlar
Дониёр,Бектемир,Фарход,Шахзод,Мухаммадкарим,Абдувохид,Элдор шу уйинчиларни олиб колишиларни сурейман.Исломни кетиши хам катта ёкотиш булди.