22 yoshli qiz Turkiya klubini boshqardi

16 sen 2026, 08:32
Zeynep Mestan "Turgutluspor" erkaklar jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi, bu haqda turk klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Klubimizning yangi tarkibi va texnik tuzilmasiga rahbarlikni o'z zimmasiga oladigan Zeynep Mestanga qizil-qora emblema ostida muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi klub bayonotida.

22 yoshli Mestan "Turgutluspor" tarixida ushbu lavozimni egallagan ilk ayol bo'ldi. Klub prezidenti Yilmaz Genchtyurk Mestanning loyihasi o'rganib chiqilgach va murabbiylar shtabi bilan maslahatlashuvlardan so'ng tanlanganini ma'lum qildi.

Mestan 2004 yil 30 iyulda Izmirda tug'ilgan. U futbolchilik faoliyatini 2019 yilda boshlagan va "Karshiyaka", "Belediespor", "Bornova Xitab Spor" va boshqa jamoalarda o'ynagan. U sport fakultetiga o'qishga kirish va murabbiylikni o'z asosiy maqsadiga aylantirishni istagani sababli futbolchilik faoliyatini erta yakunlagan.

Mestan, shuningdek, Yevropadan asosan Pep Gvardiolaga, Turkiyada esa Sergen Yalchinga havas qilishini aytdi. Murabbiy, shuningdek, "Turgutluspor"ni besh yil ichida Turkiya birinchi ligasiga olib chiqishni o'z oldiga uzoq muddatli maqsad qilib qo'ydi. Hozirda klub havaskorlar darajasida ishtirok etmoqda.


Manba: Championat.com